Yaponiyalik olimlar stomatologiya rivojiga katta hissa qo‘shadigan ixtironi taqdim etdi

Yaponiyalik olimlar stomatologiya rivojiga katta hissa qo‘shadigan ixtironi taqdim etdi

Yaponiyalik tadqiqotchilar guruhi odamlarga yangi tishlarni o‘stiradigan dorini yaratish borasida muvaffaqiyatga erishdi. Preparatning klinik sinovlari 2024-yilning iyul oyida boshlanishi kerak. Bu haqda Mainichi Shimbun nashriga tayangan holda xabar qildi Lifehacker nashri.

Yangi tishlarni o‘stirish g‘oyasi har bir tish shifokorining orzusidir. Men aspiranturada o‘qiyotganimda bu borada ishlaganman. Buni amalga oshirishimga ishonchim komil edi.

Katsu Takahashi

Osaka shahridagi Kitano tibbiyot tadqiqot instituti kasalxonasida stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi bosh tadqiqotchisi va rahbari.

Dori tug‘ma omillar (anodontiya) tufayli tish ildizlari to‘liq bo‘lmagan odamlar uchun mo‘ljallangan. Bu aholining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Yapon olimlari o‘z tadqiqotida o‘ziga xos genni aniqladilar, uning yo‘qligi sichqonlarda tishlar sonining ko‘payishiga olib keldi. Va USAG-1 deb nomlangan ushbu gen tomonidan sintez qilingan protein tishlarning o‘sishini cheklaydi.

Katsu Takahashining tadqiqot guruhi oqsil funksiyasini blokirovka qilishga qodir neytrallashtiruvchi antitana ishlab chiqdi. 2018-yilda o‘tkazilgan tajribada tishlari tug‘ma kam bo‘lgan sichqonlarga yangi tishlarning chiqishiga sabab bo‘lgan dori berildi.

Dori ta’sirida sichqonchada o‘sgan yangi tish.

Tadqiqotchilar preparatni sut emizuvchi hayvonga qo‘llashganda dori unda qo‘shimcha yettinchi old tishni o‘stirdi. Dori ta’sirida yangi tish mavjud tishlarlar orasida o‘sib, ular bilan bir xil shaklga ega bo‘lganligi sababli olimlar preparat uchinchi avlod tishlarining shakllanishiga olib keladi, degan xulosaga kelishdi.

Hozirda preparatni inson qabul qilishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Uning organizmga zararli ta’siri yo‘qligi tasdiqlanishi bilanoq, anodontiya bilan og‘rigan 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashga yo‘naltiriladi.

Sut emizuvchi hayvon tishlari (suratda markazdagi yangi yettinchi tishni ko‘rish mumkin).

Tadqiqot muvaffaqiyatli yakunlansa, dori stomatologiyaning butun sohasida tub burilish yasaydi. Kariyesning jiddiy formasi yoki eroziya tufayli tishlarini davolay olmaydigan odamlar o‘zlarining yangi tishlarini — ketma-ket uchinchi (sut va ildizli tishlardan keyin) tishlarni o‘stirish orqali protezlardan voz kechish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Молодцы! Якинда пломбалани кераги бумиди

  2. Aziza

    Zurku smile

  3. Otabek

    Yaponiya 3000 yilda yashaydilar

  4. Sumayya

    Tish og’rig’idan narkozgacha kirgandm.Endi bula to’xtarkande.Faqat keyingi yili☹️Mayli sabr qilamz

  5. Тимур

    Тиш огригидан емонро нарса боми узи

  6. Aziza

    Tugiw rofl

  7. Тимур

    Э, буни уйламабман rofl

  8. Aziza

    smile

  9. Shogird

    Yaponlarga qoyil qolish kere

  10. Rasulbek

    Tish og’rishni boshlasa, shundoq olib tashab, yengisini o’stirib osa bo’ladi

  11. Eldorjon

    good

  12. Mahmud

    Zo’r zo’r!!!

  13. Oybek

    Og’riqlani unitarkanmzde

  14. Gulli

    Ha shunaqa desa ham boʻladi

  15. Aziza

    dance

  16. Gulli

    ❤❤❤️❤

  17. Eldor

    good good good good good good good good good good good good

  18. Gulnora

    Zo’r

  19. Olimbek

    Qoyil qoldim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social