Ronaldu — Instagramda eng ko’p obunachi yig’gan insonga aylandi

Ronaldu — Instagramda eng ko’p obunachi yig’gan insonga aylandi

Futbolchilar orasida esa ikkinchi pog’onani “Barselona” yulduzi Lionel Messi band etgan, unda 219 million obunachi bor.

“Yuventus” va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramda dunyodagi eng mashhur odamga aylandi.

Futbolchiga ayni paytda 300 milliondan ortiq kishi obuna boʻlgan. Portugaliyalik tarixda bunday koʻrsatkichlarga erishgan birinchi odam boʻldi.

Instagramda Ronaldudan keyin aktyor va sobiq kurashchi Dueyn Jonson (246 million obunachi), amerikalik qoʻshiqchi Ariana Grande (244 million) va model Kayli Jenner (241 million) eng ommabop akkauntlar sifatida qayd etilgan.

Futbolchilar orasida esa ikkinchi pog’onani “Barselona” yulduzi Lionel Messi band etgan, unda 219 million obunachi bor.

Ronaldu Instagramda 250 millionlik ko’rsatkichni bu yil yanvar oyida qayd etgandi. Oradan olti oydan kamroq vaqt o’tib yana 50 million kishi unga obuna boʻlgan.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. s

    300 mln odam uni waxsiy hayotini k6rib 6tiradi… nima keragi bor

  2. Sv

    ROnaldu 4iroyli vwe

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social