TikTok oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻyadi. Taomlar retsepti uchun blogerlarga ulush beriladi

TikTok oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻyadi. Taomlar retsepti uchun blogerlarga ulush beriladi

Taomlar ijtimoiy tarmoqdagi eng mashhur retseptlar boʻyicha tayyorlanadi.

Ijtimoiy tarmoq 2022-yil mart oyida Virtual Dining Concepts bilan birgalikda TikTok Kitchen yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻyadi, deya xabar bermoqda Bloomberg kompaniyaga tayanib.

Virtual Dining Concepts mashhur blogerlarga faqat yetkazib berish xizmati uchun ishlaydigan restoranlar ochishga yordam beradi. Masalan, kompaniya koʻmagida ishga tushirilgan YouTube blogerining MrBeast restorani uch oy ichida 1 mln dona burger sotgan.

Birinchi bosqichda TikTok AQShda 300 ta, 2022-yil oxiriga kelib esa 1000 dan ortiq “koʻrinmas” oshxonalarni ochadi.

Menyu ilovadagi eng mashhur retseptlar asosida tuziladi. Narxlar boshqa Virtual Dining Concept brendlari bilan taqqoslanadi, masalan, MrBeast burgerining narxi 6,99 dollardan boshlanadi.

TikTok restoran daromadini retsept mualliflari bilan baham koʻrishini aytdi. Ijtimoiy tarmoq mualliflik qanday aniqlanishini tushuntirmagan. Bloomberg qayd etishicha, bir xil retseptga ega videolarni turli foydalanuvchilar joylashtirishi mumkin. Bunday holda, taomlar mualliflarining ismlari TikTok Kitchen menyusida koʻrinmaydi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Hursan

    bowqa qiladigan iwi yumi wulani? videola oliwadi tupoy tupoy, endi ovqat yetkaziwarmiw, nima buvotti uzi

  2. Jalol

    jinniro bula uzi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social