Toshkentda kuzatilgan chang konsentratsiyasi «misli ko‘rilmagan va o‘ta xavfli» — Texas universiteti olimi

Toshkentda kuzatilgan chang konsentratsiyasi «misli ko‘rilmagan va o‘ta xavfli» — Texas universiteti olimi

NASA olgan quyuq changli tuman ostidagi Toshkent surati earth.com saytida kun fotosi sifatida e’lon qilindi. Iqlimshunos olim Tomas Gill Toshkentda qayd etilgan chang konsentratsiyasini «misli ko‘rilmagan» deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shahar hududi atmosferasida qayd etilgan eng yirik PM10 qiymatlaridan biri bo‘lishi mumkin.

earth.com sayti quyuq changli tuman bilan qoplangan Toshkentning NASA Yer observatoriyasidan (NASA Earth Observatory) olingan suratini kun fotosi sifatida e’lon qildi. Xabarda mazkur noodatiy chang bo‘roniga shamol tezligi 89 km/soatgacha bo‘lgan antitsiklon bo‘ron sabab bo‘lgani aytilgan.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, changning bir qismi Qozog‘istonning Turkiston viloyati shimoliy-sharqidagi qurigan ekin maydonlari, yaylovlar va o‘tloqlardan kelib chiqqan.

«O‘zgidromet» havoning PM10 zarralar bilan ifloslanish darajasi har kubometr uchun 18 ming mikrogramgacha ko‘tarilganini ma’lum qildi. Chang konsentratsiyasi vaqti-vaqti bilan ifloslanishning xavfsiz deb hisoblanadigan chegarasidan 30 baravar yuqori darajaga yetgani aytildi.

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hodisa mamlakatda 150 yil ichida, ya’ni butun meteorologik kuzatuvlar davomida birinchi marta kuzatilgan.

«Agar ushbu hisob-kitoblar to‘g‘ri bo‘lsa, bu PM zarralarining shahar hududlar uchun haqiqatdan ham misli ko‘rilmagan va o‘ta xavfli darajasidir», — deya qayd etdi El Pasodagi Texas universitetining iqlimshunos olimi Tomas Gill.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Atrof-muhit muhofazasi agentligi PM10 zarralar uchun o‘rnatgan o‘rtacha 24 soatlik chegara bir kubometrga 150 mikrogramni tashkil etadi.

«Men guvohi bo‘lgan eng yuqori chang konsentratsiyasi Texasning El-Paso shahrida qayd etilgan — PM10 zarralari har bir kubometr uchun 5 ming mikrogramm atrofida bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekistondagi qayd etilgan daraja El-Pasoda ko‘rganimdan taxminan to‘rt barobar yomonroq. Bu shahar hududi atmosfera havosida qayd etilgan eng yirik PM10 qiymatlaridan biri bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidlagan Tomas Gill.

4 noyabr kuni kechqurun O‘zbekistonning bir qancha hududlari, jumladan Toshkentda kuchli shamol tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlamini atmosferaga ko‘tarishi natijasida g‘ayrioddiy chang-qumli bo‘ron kuzatilgan edi.

8 noyabr soat holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havodagi chang konsentratsiyasi normal ko‘rsatkichga qaytgani xabar qilindi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sardor

    Bu hafta yana b6larkan, maskala yana kere b6ladi wacko

  2. Javlon

    uffff…. bowqa mavzula y6midi

  3. Тимур

    канака чанг! кор ёгвотти! гузал кор!

  4. Iroda

    Bu chang hali katta qiynchiliklarni olib keladi, allergiya, yo’tal va h.k. Bu masalani tezroq hal qilish kerak, ko’proq daraxt ekish kerak, bo’masa hammamiz oxir oqibat kasal bo’lamiz

  5. Sezer

    smile

  6. Rustam

    sorry sorry sorry sorry

  7. T

    sad sad sad sad

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social