Toshkentda retro avtomobillar marshi bo`lib o`tadi. (yo`nalishlar va namoyishlar manzillari)

Toshkentda retro avtomobillar marshi bo`lib o`tadi. (yo`nalishlar va namoyishlar manzillari)

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan keng miqyosdagi va ommabop  bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, 4 – 7 may kunlari Toshkent shahri ko`chalari bo`ylab urush davriga oid retro mashinalar marshi hamda aholining gavjum joylarida ularning to`xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi. Retro mashinalar marshining to`xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda bo`lib o`tadi:

4 may – soat 14.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – 22 harbiy shaharcha – M.Ulug`bek bog`i – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigasiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “G`alaba bog`i” – Mudofaa vazirligi yo`nalishlarida harakat qiladi. To`xtash joylari: M.Ulug`bek bog`i va “G`alaba bog`i”;

5 may – soat 10.00 – 15.00 da – Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sirg`ali bozori – Mudofaa vazirligi yo`nalishlarida harakat qiladi. To`xtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali,  Sirg`ali bozori  va “Ashxobod” bog`i;

6 may – soat 14.00 – 19.00 da – Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Donish ko`chasi, Megaplaneta – Yunusobod ko`chasi Korzinka savdo markazi –Mudofaa vazirligi yo`nalishlarida harakat qiladi. To`xtash joylari: “EKO” bozori, Megaplaneta  va Korzinka savdo markazi;

7 may – soat 10.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – “Toshkent” siti – Xalqlar do`stligi san`at saroyi – Chilonzor dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yo`nalishlarida harakat qiladi. To`xtash joylari: “Toshkent” siti, Xalqlar do`stligi san`at saroyi  va Chilonzor dehqon bozori.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Komil

    Ke4a k6rdim ulani. juda 4iroyli mowinala. borib k6rila, silagayam yoqadi

  2. Тимур

    курми кобман, чиройли бугандир? видео боми?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social