Vyetnamlik usta yog‘och bo‘lagidan mashhur Volkswagen’ning aniq nusxasini yaratdi (video)

Vyetnamlik usta yog‘och bo‘lagidan mashhur Volkswagen’ning aniq nusxasini yaratdi (video)

YouTube’dagi WoodWorking Art kanali muallifi yog‘och bo‘lagidan mashhur Volkswagen T2 modelining aniq nusxasini yasadi. Yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan furgon Fuszyan sarvidan yasalgan. Mashaqqatli mehnat sakkiz daqiqali rolikka joylashtirilgan. Usta barcha mayda detallarda ham e’tibor qaratgan. Volkswagen yaxshi saqlanib qolishi uchun u lak va qora bo‘yoq bilan qoplangan.

Vyetnamlik duradgor Volkswagen T2’ning yog‘och nusxasini do‘stining iltimosiga ko‘ra yasagan. Loyihani amalga oshirish uchun qancha vaqt sarflanganiga aniqlik kiritilmagan, ammo odatda usta avtomobillar nusxasini yasashga bir necha hafta sarflaydi.

Tayyor bo‘lgan natija hayratlanarli: ekologik toza Volkswagen T2’ning nusxasini eshik va kapotlari ochiladi, bortlari yonga tushadi, ruli buriladi, “podveska”si notekisliklarda ishlaydi. Muallif oyna tozalagichlarni, raqamlarini unutmagan, shuningdek, faralardagi lampochkalarini ham o‘rnatgan.

Hozirda WoodWorking Art kanalini 2,6 millionga yaqin obunachi kuzatib keladi, videolarining har biri 300 mingdan 180 million martagacha ko‘riladi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Farrux

    Vau! Juda 4iroyli 4iqibdi! Barakalla!

  2. Sayyora

    Qiladigan iwi y6midi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social