Xiaomi Bryus Li sharafiga bag‘ishlangan smartfon chiqardi

Xiaomi Bryus Li sharafiga bag‘ishlangan smartfon chiqardi

Redmi K40 Bruce Lee Special Edition sariq-qora korpusga ega bo‘lib, uning orqa paneliga Bruce Lee – king of kung fu (Bryus Li – kung-fu qiroli) yozuvi tushirilgan.

Xiaomi kompaniyasiga tegishli Redmi brendi mobil o‘yinlar ishqibozlari uchun Redmi K40 smartfonining yangi versiyasini taqdim etdi. Gadjetning maxsus versiyasi hongkonglik yakkakurashlar ustasi va kinoaktyor Bryus Liga bag‘ishlandi.

Redmi K40 Bruce Lee Special Edition sariq-qora korpusga ega bo‘lib, uning orqa paneliga Bruce Lee – king of kung fu (Bryus Li – kung-fu qiroli) yozuvi tushirilgan.

Smartfon qutisida Bryus Liga bag‘ishlangan risola joylangan.

Qurilma 12 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega. Smartfon Xitoy bozorida 2799 yuan (430 dollar) narx bilan sotuvga chiqqan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Donik

    Bryus Li haqiqiy legenda! Undaka bowga odam b6magan good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social