Boy Ota, Kambag’al Ota: 17 ta eng yaxshi maslahatlar

Boy Ota, Kambag’al Ota: 17 ta eng yaxshi maslahatlar

Robert Kiyosakining “Boy Ota, Kambag’al Ota” kitobi muvaffaqiyatli va boy bo’lishni istagan har bir kishi uchun eng yaxshi manba hisoblanadi. O’zingiz va orzularingiz uchun qanday pul ishlashni o’rgatadigan oddiy haqiqatlarni mana shu kitobdan topashingiz mumkin. O’qing, fikrlang va muvaffaqiyatli bo’ling!

1) Insonning asosiy to’siqlari haddan tashqari qo’rquv va ishonchsizlikdir. Javobni bilgan ammo uni aytishdan qo’rqqan o’quvchilarni ko’rish juda achinarli. Ko’pincha dunyoda aqlli insonlar emas, ammo jasur insonlar muvaffaqiyatli bo’lishadi.

2) Agar sen muammo menda deb o’ylasang, meni o’zgartirishing kerak. Muammo senda ekanligini tushunsang, o’zing o’zgara olasan, nimanidir o’rganishing va dono bo’lishing mumkin. Dunyodagi ko’pchilik insonlar boshqalar o’zgarishini kutishadi, lekin o’zlari emas.

3) Tinglash gapirishdan ko’ra muhimroqdir. Agar bu bunday bo’lmaganida, Xudo ikkita quloq va bir og’iz bermagan bo’lardi.

4) “Men bunga qodir emasman” degan so’zlar ruhiy tushkunlikga va depressiya olib boradi, xafagarlikni va kuchsizlikni olib keladi. “Bunga qanday qilib erishishim mumkin?” degan so’zlar, imkoniyat, hayajon va orzular uchun yo’l ochadi, ong va ruhni mustahkamlaydi.

5) Insonlar nimanidir tahlil qilish o’rniga, tanqid qiladilar.

6) Kelajagingiz bugungi kunda nima qilashingiz bilan yaratiladi, ertangi ishlaringiz bilan emas.

7) Pul – kuch timsollaridan biri. Biroq, moliyaviy ta’lim yanada kuchlisidir. Pul keladi va ketadi, lekin ular qanday ishlayotganini bilsang, ularni boshqara olasan va boyroq bo’lishing mumkin.

8) Dangasalikning eng keng tarqalgan shakli – juda band bo’lib ko’ringan, lekin aslida dangasa bo’lishdir.

9) Ko’pincha hayot siz bilan gaplashmaydi. Hayot maktabi, siz har tomondan o’zingizni his qilayotgan turtki kabidir. Har bir turtki – hayot so’zidir: “Uyg’on. Men seni biror narsaga o’rgatishni istayman.”

10) Insonlar menga tabassum qilmasligini ko’rganimda, men ularga tabassum bilan boqaman va “salom” deb aytaman. Bu huddi sehr kabi, atrofimda ko’proq jilmaygan odamlar paydo bo’ladi. Dunyo oyna kabi, sizni aks ettiradi.

11) Bizda mavjud bo’lgan eng qudratli narsa bizning ongimizdir. Yaxshi rivojlangan aql darhol katta boyliklarni yaratishi mumkin.

12) Xudoning qabul qilishi shart emas, lekin odamlar berishlari kerak.

13) G’oliblar mag’lubiyatlardan qo’rqmaydi. Muvaffaqiyatsizlik – muvaffaqiyatga erishish jarayonining ajralmas qismidir. Omadsizlikdan qochgan insonlar muvaffaqiyatdan ham qochishadi.

14) Ko’pchiligimiz «Siz qanday yesangiz, shunday insonsiz» degan gapni eshitganmiz. Men buni bir oz o’zgartiraman. Men shunday deyman «Siz nima o’qisangiz, shunga aylanasiz».

15) Katta imkoniyatlar ko’zlar bilan ko’rinmaydi. Ular aql bilan ko’rinadi.

16) Siz qancha pul ishlab olganingiz emas, balki qancha saqlab qolganingiz muhimdir.

17) His-tuyg’ular asosida o’ylash emas, balki his-tuyg’ularingizni mulohaza yuritish uchun ishlating.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shodmon

    Juda yaxshi maslaxatlar. Qani edi maktablarda ham shunday maslaxatlar berib borilsa.
    Yana shunga o’xshash maslaxatlar bo’lsa, yozib turilar

  2. Fazo.tv

    Salom Shodmon, albatta, rahmat so’zlaringiz uchun!

  3. Ominaxon

    Ajoyib! Bu hammamizning hayotimiz un kerakli maslahatlar. Qani endi hama shunday fikrlasa☺✊

  4. Fazo.tv

    Salom Ominaxon! Katta raxmat! Biz bilan qoling smile

  5. Jasur

    Ajoyib maslahatlar bu asar biron bir mukofotga ega bõlganmi

  6. Jasur

    bu asar biron bir mukofotga ega bõlganmi

  7. Fazo.tv

    Salom Jasur, ha bu kitob juda ko’p mukofotlar olgan, bu kitob majburiy kitoblardan biri hisoblanadi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social