2011 yil oltin to`p sohibi…

2011 yil oltin to`p sohibi…

Ikki karra “Oltin to`p” sohibi, “Barselona” futbol jamoasi hujumchisi Lionel` Messi va uning jamoasidagi to`qqiz nafar sheriklari 2011 yilning eng yaxshi futbolchisi nomzodi uchun tuzulgan ro`yxatdan joy olishdi. Argentinalik futbolchi bilan bir ro`yxatda Andres In`esta, Xavi, Jerar Pike, Karles Puyol`, Sesk Fabregas, Dani Alves, David Vil`ya, Erik Abidalb va Aleksis Sanches lar nomlari ham bor.

Umumiy bo`lib bu ro`yxatda 50 ta futbolchilar nomi bor. Ular orasida, tez – tez bu ro`yxatdan joy egallaydigan ispan klubi vakillari – Iker Kasil`yas, Xabi Alonsa, David Sil`va, Krishtianu Ronaldu, Sami Xedira, Mesut Ozil va nemis bundesligasida ishtirok etuvchi futbolchilar – Bastian Shvaynshtayger, Fillip Lam, Mario Gomes, Tomas Myuller, Frank Riberi ham bor. Bundan tashqari, bu ro`yxatda yaqindagina «Bavariya» dan «Latsio»  ga o`tgan Miroslav Klozening nomi ham bor. Gollandiyadan Uesli Sneydor, Robin van Persi, Ar`en Robben va Rafael van der Vartlarning nomlari bu ro`yxatda qayd etilgan. Albatta FIFA mutosaddiflarining nazariga Serxio Aguero, Luis Suares, Diego Forlan, Xav`er Ernandes, Ueyn Runi va umidli Braziliya terma jamoasi yosh futbolchisi Neymar ham tushgan. Italiyadan esa «Udineze» futbol jamoasi xujumchisi Antonio Di Natale ishtirok etmoqda. Sayyoramizning eng kuchli futbolchisi nomiga musharraf bo`lishga davogar futbolchilar nomlari qatoridan Milanning «Inter» jamoasi tarkibidan, maxachkalaning «Anji» jamoasi tarkibiga o`tgan hujumchi Samuel` Eto’O nomi ham bor.

«Oltin to`p» uchun baxs olib boruvchi 23 futbolchilar nomidan iborat oxirgi ro`yxat 1 noyabr kuni e`lon qilinadi. 5 dekabrga kelib esa faqat uchta futbolchi nomi qoladi. G`olib esa Tsyurixda, 2012 yilning 9 – yanvarida e`lon qilinadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. casillas

    real madrid olg’a! sizga ishonaman real yigitlar!

  2. Gol

    а бу эскириб колдию, нимага халиям натижаси йук

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social