2014 Osiyo Chempionlar ligasidagi guruhlardagi jamoalar nomi ma`lum bo`ldi

2014 Osiyo Chempionlar ligasidagi guruhlardagi jamoalar nomi ma`lum bo`ldi

2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi bahslariga qur`a tashlandi. Ushbu marosim Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo`lib o`tdi. Barcha guruhlardagi jamoalar nomi ma`lum bo`ldi.

Qur`a natijasilariga ko`ra, 2013 yilgi O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» OChL-2014 «V» guruhida Saudiya Arabistonining «Al-Fath», Eronning «Fulad» va «Nasaf» o`rin olgan pley-off g`olibiga qarshi to`p suradi. OFK kiritgan qoidaga ko`ra, agar «Nasaf» guruh bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritadigan bo`lsa, bir guruhda bir mamlakatdan ikki jamoa bo`lib qolishini oldini olish maqsadida, Qarshi jamoasi «A» guruhiga ko`chiriladi, «A» guruhidagi Qatar vakili – «Ar-Rayyan» esa «V» guruhiga ko`chib, «Bunyodkor» raqibiga aylanadi.

Musobaqaning guruh uchrashuvlari fevral` oyidan boshlanadi. Marxamat qolgan guruhlar bilan tanishing.

“A” guruh “V” guruh “S” guruh “D”guruh
1.Istiqlol (Eron) 1.Al-Fotih (S. Arabistoni) 1.Al-Ayn (BAA) 1.Al-Sadd (Qatar)
2.Al-Rayyan (Qatar) 2.Fulad (Eron) 2.Al-Ittihod (S.Arabistoni) 2.Al-Ahli (BAA)
3.Al-Jaziyra (BAA) 3.Pley-off g`olibi (G`arbiy mintaqa) 3.Traktorsoziy (Eron) 3.Al-Hilol (S. Arabistoni)
4.Al-Shabab (S.Arabistoni) 4.Bunyodkor (O`zbekiston) 4.Pley-off g`olibi (G`arbiy mintaqa) 4.Sepahon (Eron)
“E” guruh “F” guruh “G” guruh “H” guruh
1.Poxang Stilers (J. Koreya) 1.Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) 1.Guan`chjou Evergrand (Xitoy) 1.Vestern Sidney Vanders  (Avstraliya)
2.Buriram Yunayted (Tailand) 2.Sentral Kost Mariners (Avstraliya) 2.“J” liga g`olibi (Yaponiya) 2.Guichjou Ren`e (Xitoy)
3.Shandong Luneng (Xitoy) 3.Seul FK (J. Koreya) 3.Chonbuk Motors (J. Koreya) 3.“J” liga 2-o`rin sohibi (Yaponiya)
4.“J” liganing 3-o`rin sohibi 4.Pley-off g`olibi (Sharq mintaqa) 4.Pley-off g`olibi (Sharq mintaqa) 4.Ul`san Xyunday (J. Koreya)

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    nima Pakhtakor chikmaptimi???

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social