Abramovich «Chelsi»ni 4 milliard funtga sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Abramovich «Chelsi»ni 4 milliard funtga sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Bitim Buyuk Britaniya hukumati va Premer-liga tomonidan ma’qullangach, Amerika konsorsiumi «Chelsi» futbol klubining yangi egasiga aylanadi.

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich «Chelsi» futbol klubini amerikalik milliarder Todd Bouli boshchiligidagi konsorsiumga sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb yozadi Britaniyaning The Telegraph va The Guardian nashri, klubning o‘zi ham buni tasdiqladi.

The Telegraph nashrining yozishicha, kelishuv qiymati 4 milliard funtni tashkil qiladi. 2,5 milliard funt sterling klub aksiyalarini sotib olish uchun ishlatiladi, bundan tashqari, klubning bo‘lajak egalari – «Stamford Brij», futbol akademiyasi va ayollar jamoasi rivojlanishiga qo‘shimcha sarmoya kiritish uchun 1,75 milliard funt sterling yo‘naltiradi, deyiladi «Chelsi» bayonotida.

Sotuv rasman yakunlanishidan oldin amerikalik investor Buyuk Britaniya hukumati va Angliya Premer-ligasidan ruxsat olishi kerak. Britaniya rasmiylari klubni sotish uchun yangi litsenziya berishi kerak, sababi eskisi 31 mayda tugaydi. Kelishuv hali rasman yakunlanmagan bo‘lsa-da, shartnomaning imzolanishi sotuvning eng muhim bosqichi hisoblanadi, deb yozmoqda Britaniya OAV.

LA Dodgers beysbol jamoasi egalaridan biri va Eldridge Industries asoschisi Todd Bouli konsorsiumning «Chelsi»dagi asosiy vakili bo‘ladi, ammo eng katta ulush AQShning Clearlake Capital xususiy sarmoya kompaniyasiga qaraydi, deb qayd etgan The Guardian.

Abramovichning «Chelsi»ni sotishga urinayotgani Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlaganidan ko‘p o‘tmay ma’lum bo‘ldi. Mart oyi boshida Buyuk Britaniya rossiyalik milliarderga qarshi sanksiyalar joriy qildi. «Britaniya Putinning Ukrainaga shafqatsiz hujumini qo‘llab-quvvatlaganlar uchun xavfsiz boshpana bo‘lishi mumkin emas», dedi mamlakat bosh vaziri Boris Jonson.

Abramovich aktivlarining muzlatilishi uning klubni sota olmasligini, «Chelsi»ning esa operatsion qiyinchiliklarga duch kelishini anglatardi. Natijada mamlakat hukumati Abramovichga uni sotish uchun vaqtinchalik litsenziya berdi.

Abramovich kelishuvdan tushgan sof daromad (2,5 milliard funt sterling) xayriya ishlariga yo‘naltirilishiga va «urush qurbonlari»ga yordam qilishga va’da berdi. Sotuv haqidagi dastlabki e’londan beri Abramovich jamoasi BMT va yirik global xayriya tashkilotlaridan yuqori martabali vakillarni tanlab oldi, ularga xayriya fondini shakllantirish va uning faoliyati rejasini ishlab chiqish vazifasi yuklangan, deyiladi milliarder bayonotida.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Oybek

    good be4ora Roman

  2. Otabek

    nime be4ora? Putinga yordam bermasa hammasi yaxwi bulardi

  3. Shavkat

    amerikalila hammayoni bosvovotti

  4. Oybek

    hazilku, olmidi, puli kup laugh

  5. Otabek

    aaaa rofl

  6. Javohir

    nakone4to

  7. Adiba

    nimaga sotti?

  8. Oybek

    sanksiyala. kamro Putinga yordam bersin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social