AFC U-16 O‘zbekiston – Tayland 5:3!

AFC U-16 O‘zbekiston – Tayland 5:3!

Yosh futbolchilarimiz Osiyo chempionatida guruhdagi birinchi uchrashuvini g‘alaba bilan boshlashdi.

Hindistonda 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida chempionatni hamyurtlarimiz ishonchli g‘alaba bilan boshlashdi. Garchan raqib jamoa o‘yinni tezkor gol bilan boshlashiga qaramasdan, futbolchilarimiz birinchi bo‘limni 2:1 hisobida yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi. Jamoamizning ikkita goli hakam tomonidan raqiblar darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarimadan kiritildi.

Ikkinchi bo‘limni hamyurtlarimiz juda katta ishonch bilan boshlashdi va bu holat o‘yin oxirigacha kuzatildi. Natijada ikkinchi bo‘lim ham vakillarimiz g‘alabasi bilan yakunlandi, umumiy hisob 5:3!

Eslatib o‘tamiz, futbolchilarimiz Tayland yoshlari bilan bir qatorda,  Shimoliy Koreya va Yaman jamoalari bilan birgalikda D guruhdan joy olishgan. Jamoamiz keyingi uchrashuvini 20 sentyabr kuni YAman jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. Hamyurtlarimizni chempionatdagi birinchi g‘alaba bilan tabriklaymiz!!!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    болла яхши уйнашди, камида ярим финал ва ЖЧ га йулланма

  2. Amirxon

    Шундай бўлсин! олға болла!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social