Qatarning «Al-Jayish» klubi o`zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov bilan shartnoma imzolangani haqida rasmiy xabar tarqatdi. Hamyurtimiz avval tibbiy ko`rikdan o`tdi va shundan so`ng «Jayish» bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Qatar jamoasi rahbari Yusuf Dasmal Kuvariy o`zbekistonlik hujumchi «Al-Jayish» safida muvaffaqiyatga erishishiga umid bildirdi.
Sardor Rashidov tez kunda matbuot anjumani orqali keng jamoatchilikka tanishtiriladi.
«Al-Jayish» avgust oyidan boshlab Qatar yulduzlar ligasining yangi mavsumida ishtirok etadi. Fevral` oyida esa Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqichidan ishtirokini boshlaydi.
Manba: stadion.uz
араблага футболли кандай уйнашши ургати ке Сардор