«Stok Siti» jamoasi «Sautgempton»ga qarshi kechgan Angliya chempionatining 10-tur o`yinida 12-soniyasini o`zidayoq xisobni ochdi.
Bu ajoyib golning muallifi darvozabon Asmir Begovich bo`lib, u o`zining raqibi bo`lgan polshalik Artur Boruts darvozasini o`zining jarima maydonchasidan top tepib ishg`ol qildi.
Shundan so`ng, Begovich butun Pre`mer-liga tarihidagi raqib darvozasini ishg`ol etgan 5-darvozabonga aylandi. Ilgari shunday muvaffaqiyatga daniyalik Peter Shmeyxel («Aston Villa», oktyabr` 2001-yil), amerikalik Bred Fridey («Blekbern», fevral 2004-yil), angliyalik Pol Robinson («Tottenxem», may 2007-yil) va AQShning yana bir vakili Tim Xovard («Everton», yanvar` 2012-yil) erishgan.
Asmir Begovichning bu goli Pre`mer-liganing eng tez gollar ruyxatidan to`rtinchi o`rinni egalladi. 2000-yilgi Pre`mer-liga bahslarida «Tottenxem» ning ximoyachisi Ledli King «Bredford» ga 10-soniyada gol urgan edi. Shunga o`xshash 2003-yilgi o`yinning 10-soniyasida » N`yukasl «ning forvardi Alan Shirer «Manchester Siti» darvozasini ishg`ol qilgan. 2001-yilgi o`yinlardan birida esa «Lids»ning xujumchisi Mark Viduk «Charlton» darvozasiga 11-soniyada gol kiritishga muvoffaq bo`lgan.
бечора дарвозабон
kamdan kam shunday golarni kurasiz ))) ajoyib va aniq tarzda urilgan!
xa bu sharmanda darvozabonga shunday golni utkazishga, bechora xafa bulgandir (((