APL. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Lester»ni mag‘lub etdi

APL. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Lester»ni mag‘lub etdi

Angliya Premer-ligasi 18-turining markaziy bahsida «Manchester Siti» o‘z uyida «Lester»ga qarshi bahs yuritib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Garchi hisobni «tulkilar» hujumchisi Jyeymi Vardi ochganiga qaramay, «shaharliklar» 3ta gol urib, vaziyatni o‘z tomonlariga og‘dirishdi.

G‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» ochkolarini 38taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Lester»  bilan oradagi farqni 1 ochkoga qisqartirdi (39).

APL, 18-tur

Manchester Siti – Lester 3:1
21 dekabr, «Etihad Stedium»
Gollar: Marez (30), Gyundogan (43, penalti), Jyezus (69) – Vardi (22).
Manchester Siti: Ederson, Otamendi, Uoker, Mendi, Fernandino, de Bryuyne (Aguero, 90+1), Gyundogan (Rodri, 79), Marez, Bernardu Silva, Sterling (Foden, 89), Jyezus.
Lester: Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, Chiluell, Suyunju, Tilemans (Prayet, 77), Meddison, Ndidi, Barns (Olbrayton, 64), Peres (Grey, 68), Vardi.
Ogohlantirishlar: Suyunju (35), Ndidi (51), de Bryuyne (59), Gyundogan (71).

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social