O`zbekiston Filippinni yirik hisobda mag`lub etdi!

O`zbekiston Filippinni yirik hisobda mag`lub etdi!

O`zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi, 4-tur o`yinlari doirasida safarda Filippin terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik — 5:1 hisobida g`alabaga erishdi.

O`zbekiston milliy terma jamoasining ushbu g`alabasi jamoani “H” guruhi turnir jadvalida ikkinchi o`ringa olib chiqdi. Mamlakat bosh jamoasi ushbu saralash bosqichidagi navbatdagi o`yinini 8 oktyabr` kuni safarda Baxraynga qarshi o`tkazadi.

JCh-2018 saralashi ikkinchi bosqichi

“H” guruhi, 4-tur.

Filippin – O`zbekiston 1:5

Gollar: Shryok (68) — Odil Ahmedov (1), Sardor Rashidov (15, 79), Igor` Sergeev (43, 65)

Ogohlantirish: Fil Yangxazbend (45+1)

Filippin: 1. Eteridj, 3. Palla, 6. Lyuk Vudland (12. Aguinaldo, 46), 7. Remzi (17. Shrok, 46), 8. Ott (14. Ingreso, 61), 9. Misagx Bahadoran, 10. Yangxazbend, 11. Daysuke Sato, 19.Jerri Lusena, 20. Patino, 21.Martin Steuble.

O`zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 2.Egor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov, 8.Server Jeparov (Javohir Sohibov 73), 10.Sardor Rashidov (Sanjar Tursunov 80), 16.Stanislav Andreev (Jasur Hasanov 77), 11.Igor` Sergeev.

Manba: the-uff.com

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. юсуф

    баракалла ))) омад силарга

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social