Bugun uzoq kutilgan Evropa chempionlari ligasi finali bo`lib o`tdi. Unda ikki nemis klubi «Borussiya» hamda «Bavariya» g`oliblik uchun o`zaro kuch sinashishdi. Birinchi bo`limning ilk daqiqalaridanoq dortmundliklar presing qo`llab, ustunlikni o`z qo`llariga olishdi. 14-daqiqada Blashikovski yaqin masofadan, darvozaning pastki chap burchagini nishonga oldi, biroq, Manuel` Noyer oyoqlari bilan to`pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo`ldi. Oradan bir necha daqiqa o`tar-o`tmas, Levandovski chamasi 28-30 metrlardan darvozani nishonga oldi. Biroq, yana Noyer jamoasini goldan qutqarib qoldi.
O`yinning o`rtalarida “Bavariya” ham jonlandi. 26 daqiqada Manjukich o`ng qanotdan uzatilgan to`p uchun kurashda Sven Benderni ortda qoldirib, bir necha metrlardan darvozaga to`p kiritishga urindi, Vaydenfeller jamoasiga yordamga keldi va to`pni darvozadan uzoqlashtirdi. 30-daqiqada Robben gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega edi, ammo darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan darvozani aniq nishonga ola olmadi. Va o`yin oxirigacha hisob ochilamadi. 0:0.
Ikkinchi bo`lim ham yuqori tempda boshlandi. Uchrashuvdagi hisobni 60-daqiqada Mario Mandjukich Robbenning ajoyib to`p uzatishidan so`ng hsobni ochdi. 0:1. 67-daqiqada raqib jarima maydonida to`pni qabul qilib olgan Roysni, Dante qo`pollik bilan to`xtatib qoldi va hakam ikkilanmay, “Bavariya” darvozasi tomon penal`ti belgiladi. 11 metrli jarima to`pini Ilkay Gundogan aniq amalga oshirib muvozanatni tikladi. 1:1.
O`yining so`ng daqiqalarida nihoyasiga etish arafasi, 89 daqiqada Robben chiroyli tarzda darvozagato`pni yo`llab “Bavariya” ni chempionlikga chiqishiga yaqinlashtirdi. 1:2. Qolgan daqiqalarda dormundliklar hisobni tenglashtirishga xarakat qilishdi ammo hisob o`zgarmadi. O`yin 1:2 hisobi bilan yakunlandi va “Bavariya” chempionlar ligasining g`olibiga aylandi.
Barcha “Bavariya” muxlislarini ajoyib g`alaba bilan tabriklaymiz.
Foto laxzalar:
Video: