Birinchi mashg`ulot!

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 19 noyabr kuni BAA da o`zining birinchi mashg`ulotini o`tkazdi. Ushbu mashg`ulot, milliy terma jamoamiz a`zosi Aziz Xaydarov to`p suradigan dubayining “Ash-Shabob” klubiga tegishli maydonda bo`lib o`tdi.

Mashg`ulot maydoniga kirib kelish chog`idayoq, terma jamoa azolari butun dunyoga mashxur bulgan “Al-Jazira” telekanali xodimlari tomonidan kutib olindi. Sal o`tib esa, jurnalistlar Vadim Abramovni interv`yu berishga chorlashdi. BAA ga qarshi kechadigan bo`lajak baxs to`g`risida gapirar ekan, bosh murabbiy uchrashuv xar ikkala jamoa uchun juda qiyin kechishini aytib o`tdi. Bundan tashqari Abramov, BAA olimpiyachilarni Osiyoning  eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanishlariga qaramasdan, O`zbekiston terma jamoasi a`zolari faqat qoniqarli natija uchun maydonga tushishlarini aloxida izoxlab o`tdi.

Aytish joizki, xozirda olimpiyachilarimiz tarkibida jaroxatlanganlar yo`q. Barcha futbolchilar umumiy guruhda mashg`ulotda qatnashishmoqda. Jamoa ichidagi muxit ham ancha yaxshi. 20 noyabr kuni shuningdek, olimpiyachilar yoniga Ulug`bek Baqoev hamda Aziz Xaydarovlar xam tashrif buyurishdi. Milliy terma jamoa a`zolari o`z ukalariga kerakli maslaxatlarni berib, ularga bo`lajak o`yinida omad tilab qolishdi.

Eslatib o`tamiz, olimpiya terma jamoamiz Dubayda 21 noyabr noyabrga qadar istiqomat qiladi, shundan keyin, jamoa uchrashuv bo`lib o`tadigan Al-Ayn shaxriga ko`chib o`tadi.

O`zbekiston olimpiya terma jamoamizga bo`lajak o`yinlarda omad tilab qolamiz va umid qilamiz,  ular O`zbekiston futbolini yangi darajaga ko`tarishadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. roben

    O’zbekiston olg’a. Xudo sizga yor bulsin!

  2. Gol

    5 – февралда омад тилаймиз, ишкилиб уялтириб куймангларда

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social