“Bunyodkor” deyarli nimchorak finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo`ldi

“Bunyodkor”  deyarli nimchorak finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo`ldi

Bugun OChL 4-turidan o`rin olgan “Fulad” – “Bunyodkor” uchrashuvi bo`lib o`tdi. “Bunyodkor” OChL” 4-tur doirasidagi uchrashuvda Eronning “Fulad” klubi mehmoni bo`lib, 1:0 hisobida yutqazdi va deyarli nimchorak finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo`ldi. Olti yildan beri Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichidan chiqib kelayotgan “Bunyodkor” jamoasi ettinchi mavsumga kelganda juda qiyin ahvolga kelib qoldi.

O`yinning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ammo o`yining 77-daqiqasida qanotdan oshirib berilgan to`pni baland sakragan Ayub Vali boshi bilan darvozaga yo`lladi – 1:0. Bu hisob o`yin oxirigacha saqlanib qoldi.

Turnir jadvalidagi holat

Jamoalar O` Yu D M UG – O`G T-N O
1 Fulad 4 2 2 0 3 – 1 2 8
2 Al Jaish 3 1 2 0 2 – 1 1 5
3 Al Fath 3 0 2 1 0 – 1 -1 2
4 Bunyodkor 4 0 2 2 2 – 4 -2 2

 

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ramos

    xa-xa-xa

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social