“Bunyodkor” stadioni chimi yaroqsiz

“Bunyodkor” stadioni chimi yaroqsiz

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol QosimovToshkendagi yangi «Bunyodkor» stadioni chimini yaroqsiz deb hisoblaydi. Bu hakda u UFF Terma jamoalar markazida Murabbiylar kengashining navbatdagi majlisida aytib o`tdi.

Uning aytishiga qaraganda, yangi stadiondagi chimda o`ynash – bu haqiqiy azob. Mirjalol Qosimov tezda bu chimni almashtirish kerakligini aytib o`tgan.

Eslatib o`tamiz, 34 ming tomoshabinga mo`ljallangan bu yangi stadionning qurilishiga 250 million AQSh dollari sarflangan va u, o`tgan yili yurtimizning navbatdagi mustaqilik bayrami nishonlanish arafasida foydalanishga topshirilgan edi.

Bu yangi stadionda birinchi rasmiy o`yin mart oyida bo`lib o`tdi. O`zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yili Braziliyada bo`lib o`tadigan Jahon Chempionati oxirgi saralash baxslaridan o`rin olgan o`yinda Livan termasiga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g`alaba qozongan edi. Keyingi rasmiy uchrashuv ham mart oyida bo`lib o`tdi va bunda Toshkentning «Bunyodkor»  klubi, Osie Chempion Liga guruh bosqichi 3 tur o`yinlarida xitoylik klubga qarshi maydonga tushdi. O`yin 0:0 hisobi bilan yakunlangan.

Muxlislar ayniqsa, “Bunyodkor” va xitoyning “Beytszin Goan” klublari o`rtasida bo`lib o`tgan o`yinda chimning qay axvolda ekaniga guvoh bo`lishdi. Futbolchilar maydonda erkin xarakatlana olishmadi. O`yin oxiriga kelib esa, maydon xudi bir “kartoshka yig`ib olingandan keyingi dala” axvoliga o`xshab koldi.

1

Bosh murabbiyning aytishicha, yangi stadion chimi nafaqat xalqaro o`yinlarni o`tkazish, balki O`zbekiston chempionati uchrashuvlarini ham o`tkazishga yaramaydi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dilshod

    To’gride chimni ahvoli dabdala. Unda ko’ra O’zbekiston Livan bilan Pahtakor stadionida o’ynaganida 3:0 bo’lardi.

  2. Gol

    бу чимни ахволи узи биринчи уйинда бунёдкор ва пахтакор клублари уртасидаги уйинда яккол билинувди, ушанда чим хали яхшилаб ёткизилмаган деб бир амаллаб олиб кочишганди, энди эса хеч каерга об кочишни иложи йук, очиги уят, шундай бахайбат стадион куришадию энг мухим булган чимни эплайолишмабди – уят! уят!

  3. shox

    bilardim,shu maydon bilan nimadir buladi ))) eng kerakli va muxum narsa brak buldi smile qoyil uzbeklar!

  4. Номаълум

    Bizzikilr bir ob-havoni bohona qiladi, bir omadni bohona qiladi, yana bir nimalrni bohona qiladi. Endi navbat chimga keldimi???

  5. Номаълум

    100% яроксиз

  6. Номаълум

    ajoyib bir gap bor: Yaxshi raqosaga – uynashga “-” halaqt beradi )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social