“Chelsi” jamoa sardori Terri klubni tark etadi

“Chelsi” jamoa sardori Terri klubni tark etadi

Londonning “Chelsi” futbol klub  himoyachisi Jon Terri shu mavsum tugagach jamoani tark etadi.

35 yoshli londonliklar kapitanining shartnomasi 2016-yilning iyun` ohirida tugashi kerak, rahbariyat esa o`yinchiga yangi shartnoma tuzmaslikga qaror qilgan.

Yakshanba kuni, 31 yanvar`, 1/16 Angliya Kubokda “Milton-Kins Dons” ustidan 5:1 hisobdagi g`alabadan so`ng Terri vaziyatni tushuntirdi: “Afsuski, men martabamni ushbu klubda tugatolmayman. Men buni boshqa joyda qilsam kerak. Muxlislarimga yagona narsani va`da berishim mumkin – men keyinchalik hech bir angliya klubida o`ynamayman. Chunki men bunday qilolmayman.”

Terri  “Chelsi”da 1995-yil qo`shilgan va asosiy tarkibda maydonga birinchi marotada 1998-yilda tushgan. U jamoa tarkibida 478 o`yin o`tkazib, ularda 40 gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. Angliya terma jamoasida esa 78 o`yin o`tkazgan.

Terri “Chelsi” bilan  to`rt karra Angliya chempioni (2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15), besh marotaba Angliya Kubok sohibi (2000, 2007, 2009, 2010, 2012), uch marotaba Angliya liga Kubok sohibi (2005, 2007, 2015), bir marotabadan Chempion Ligasi (2012) va Evropa Ligasi (2013) sohibi bo`lgan.

Manba: rambler.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social