Denis Istomin ispaniyalik Karreno Bustani mag‘lub etdi!

Denis Istomin ispaniyalik Karreno Bustani mag‘lub etdi!

Australian Open–2017 musobaqasining uchinchi davrasida o‘zbekistonlik Denis Istomin dunyoning 31-raketkasi – ispaniyalik Pablo Karreno Bustani mag‘lub etdi.

Uchrashuv 3 soat 30 daqiqa davom etdi. Besh set natijasiga ko‘ra Denis 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Denis Istomin bahs davomida 16 marta «eys»ni amalga oshirgan bo’lsa, 2 marta qo’shxatoga yo’l qo’ydi, 51 marta uzoq davom etgan ochkolarni yutib oldi, 53 marta zarurati bo’lmagan xatolarni qayd etdi va 5 marta raqib geymini yutib olishga (breyk) muvaffaq bo’ldi. Karreno-Busto 3ta breyk, 2ta «eys»ni amalga oshirib, 62ta zarurati bo’lmagan xatolarga yo’l qo’ydi.

Endi Denisning keyingi bosqichdagi raqibi Grigor Dimitrov (15-raketka) va Rishar Gaske (18-raketka) o’yinida aniqlanadi.

Manba: Kun.uz
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social