30 yildan so’ng: Microsoft Office brendi bilan xayrlashing!

30 yildan so’ng: Microsoft Office brendi bilan xayrlashing!

Microsoft kompaniyasi o’zining Ignite 2022 konferensiyasida Office brendini yangilayotganligini e’lon qildi. Tez kunda Office.com, undan keyin esa smartfonlar va Windows uchun Office ilovasi Microsoft 365 nomiga o’zgaradi. Shuningdek, uning logotipi, hamda, interfeysi ham yangilanadi va unga yangi lenta kabi xususiyatlar qo’shiladi.

Aytish kerakki, Office ichidagi xizmatlar: Word, Excel, PowerPoint va boshqalar o’zgarishlarsiz qoladi, faqat endi ular Office nomli emas, balki Microsoft 365 nomli paket ichida bo’lishadi va ular qatoriga Clipchamp, Stream, shu bilan birga, yangi Microsoft Designer ilovasi ham qo’shiladi.

Microsoft 365 hech kimga begona emas. Kompaniya bundan ikki yil avval o’zining Office 365 obunasini xuddi shu nomga alishtirgan edi.

Office brendi butunlay yo’q bo’lib ketayotgani yo’q. Kompaniya xaridorlar va biznes egalariga Office 2021 va Office LTSC uchun bir martalik sotuvlarni davom ettiradi, lekin bu uzoqqa bormasligi aniq.

O’zgarishlar Office.com uchun joriy yilning noyabridan boshlab amal qila boshlaydi. Windows va mobil smartfonlar uchun Office ilovasi esa 2023-yil yanvaridan yangilanishni boshlaydi.

Microsoft Office brendi 30 yil chiqarilgan edi.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. F

    Press F to pay respect

  2. Тимур

    Просто номини узгартиршарканку

  3. Isfandiyor
  4. .....

    assalomu aliykum hammaga uzi bunima chunmadim

  5. Isfandiyor

    Word, Excel iwlatganmisiz?

  6. ......

    Tusrisini etiy Isfandiyyor ishlatish uyoda tursin buni kurmaganmanam uzi bu Word EXcelni

  7. Тимур

    Компьютердан фойдаланасми?

  8. ......

    assalomu alyikum Timur bitta gap etiy hayron qolasiz umuman Kompyuter ishatmiyman

  9. Тимур

    Рефератлани презентациялани катда килас?

  10. Iroda

    Rostan iwlamidi dib qurqibman

  11. Odilbek
  12. Pulatov

    Keremas xabar.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social