Drogba Chelsini tark etadi!

Drogba Chelsini tark etadi!

«Chelsi» futbol klubi Did`e Drogbaning iyun oyi oxirida shartnomasi tugashi bilan, klubni tark etishini tasdiqladi.

Did`e Drogba «Chelsi» da sakkiz yil o`tkazdi. «Chelsi» klubi direktori vazifasini bajaruvchi Ron Gurley “so`zsiz Drogba «Chelsi» ning afsonasi bo`lib qoladi, nafaqat afsonasi, balki «Chelsi» oila a`zosi ham bo`lib qoladi. U Evropa Chempionlar ligasi finalidan keyin boshi yuqori ko`tarilgan holda klubni tark etyapti. Bu final o`yinidan keyin, Drogba yangi sinovlar vaqti kelganligini his etdi.”

34 yoshli futbolchi o`z so`zida “Men bo`lyayotgan barcha mish-mishlarga chek qo`ymoqchiman – men «Chelsi» ni tark etaman. – Albatta bu qarorga kelishim menga juda og`ir bo`ldi. Men erishilgan yutuqlardan juda faxrlanaman, lekin men uchun yangi sinovlar vaqti keldi” deb aytib o`tgan.

“Jamoa sifatida biz qo`lga kiritishimiz mumkin bo`lgan barcha sovrinlarni qo`lga kiritdik. Evropa Chempionlar ligasi finali barcha futbolchilar va muxlislar uchun juda muhim vaqt edi, va men, o`tgan sakkiz yil maboynida o`z uyimdek bo`lib qolgan klub shu sovrinni qo`lga kiritishida o`z hissamni qo`shaolganligimdan juda baxtiyorman.”

“Men fursatdan foydalanib klubdagi barchani, qolaversa Ro va jamoada birga to`p surgan og`aynilarimga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ko`pchiligi menga juda yaqin do`st bo`lib qolishgan va keyin ham do`st bo`lib qolishadi. Shu qatorda, shuncha yillar maboynida meni qo`llab quvvatlab kelishgan “Chelsi” muxlislarigayam o`z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman”   

“Klubga kelgusida muvofaqiyatlar tilab qolaman – sizlar har doyim yuragimda qolasizlar” –  deya «Chelsi» klub a`zolariga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Drogba «Chelsi» ni 341 o`yinda 157 gol bilan tark etyapti. U klub tarixidagi to`p urarlar ro`yxatida 4 o`rinda. Uning evrokubok baxslarida urgan 34 ta goli, «Chelsi» ning oldingi rekordidan  10 golga o`tib ketdi, 9 ta final o`yinlarida urgan 9 ta aniq zarbasi bilan, klubning muvofaqiyatli davrlari bo`lishiga qo`shgan bebaho hissasi sifatida «Chelsi» tarixida qoladigan bo`ldi.

Did`e Drogba 3 bora prem`er – liganing chempioni bo`lgan, Angliya Kubogini 4 marotaba qo`lga kiritgan, Liga Kubogini 2 marotaba va so`ngisi, ancha dramatik darzda o`tgan Evropa Chempionlar ligasi finalida qo`lga kiritgan sovrin. Drogba «Chelsi» tarkibida yilning eng yaxshi futbolchisi, qolaversa futbolchilar fikriga ko`ra ham yilning eng yaxshi futbolchisi va ikki marta prem`er – liganing 2 marta eng yaxshi to`p urari bo`ldi. 

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    афсус, челси деганда куз олдимга бирчи Дрогба келарди

  2. uzbek

    Xech kisi yo’q, vaqt o’tishi bilan bunga ham ko’nikib ketasiz. Krishtiano ning realga o’tishiga ko’nikib ketgandek, bunga ham ko’nikib qolamiz

  3. Номаълум

    Дрогбага койилман, молодец

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social