EChL 1/4 uchrashuv natijalari

EChL 1/4 uchrashuv natijalari

2-3  mart kunlari Evropa Chempionlar ligasining 1/4 final uchrashuvlari doirasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi.  Unda “PSJ” o`z uyida  “Barselona” ni qabul qildi. Ushbu o`yinda muhlislar barsani yaqqol favarit deb  takidalab o`tishgan edi. O`yin davomida shuni kuzatdikki “PSJ” da g`alaba qozonish uchun ko`pgina imkoniyat bo`lgandi.  Ammo “PSJ” futblchilariga aniqlik etishmadi. Qiziqarli kechgan bahsda 2:2 natijasi qayid etildi.

Ushbu o`yinga paralel ravishda yana bir o`yin bo`lib o`tdi. Unda “Bavariya”  o`z uyida “Yuventus” ni qabul qildi. Eng qizig`i o`yinda hisob 1-daqiqadayoq ochildi. Uni David Alaba uzoq masofadan kuchli zarba berib, Buffonni ojiz qoldirdi.  1:0. Bu holatda uchrashuvning 24-soniyasi o`tib borayotgandi. Ikkinchi bo`limda ham myunxenlik futbolchilar bir to`p kiritishdi. 2:0. Gol Tomas Myuller hisobiga yozildi.

10 aprel` kuni Turindagi o`yin oldidan “Bavariya” yarim finalga chiqish uchun o`ziga yaxshi imkoniyat hosil qilgan bo`lsa,  aynan shu kuni “Kamp Nou”da PSJ hamda Barselona  jamoalar javob bellashuvida maydonga chiqishadi.

3 mart kuni esa “Real” o`z maydonida “Galatasaroy” ni qabul qildi.  Ushbu o`yinda mutaxasislar Realni yaqqol favarit deb takidlashgan edi. Darxaqiqat shu kuni Rael ajoyib o`yin ko`rsatdi. Galatasaroyning o`yini unchalik qovushmadi. O`yin Realning ustinligi  ostida o`tidi hamda o`yin 3:0 hisobida Realni g`alabasi bilan yakun tordi.

Shu o`yin bilan paralel ravishda o`tgan Malaga o`z o`yida Borussiya qabul qildi. “Malaga” hamda “Borussiya” o`rtasidagi o`yinning birinchi taymida ustunlik asosan mehmonlar tomonida bo`ldi. Ammo nemislar o`zlari yaratgan bir qancha imkoniyatlarni ko`kka sovurishdi. Birinchi taymda hisob ochilmay qoldi. Ikkinchi bo`lim ham dortmundliklar ustunligi ostida boshlandi. Biroq yana vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik ularga pand berdi. Ikkinchi taymda Levandovski va Gettse yaxshi imkoniyatlandan foydalana olishmadi. Umuman o`yinning qolgan daqiqalarida ham hisobni ochish hech bir jamoaga nasib qilmadi.

Endi barcha masalaga 9 aprel` kuni Dortmundda bo`lib o`tadigan o`yinda aniqlik kiritilsa, Galatasaroy Real bilan javob o`yini o`tkazadi.

Demak 9-10 aprel kunlari Evropa Chempionlar ligasining yarim final qatnashchilari aniq bo`ladi. 

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    натижалар кутилганидек булди, манимча ярим финалга Бавария Реал аник чикади

  2. 159

    rasmga gap yuq, zur qibsla

  3. rustambek

    menimcha real madrid yoki barsa yoki bavariya bilan tushadi finalda )))

  4. JAMA

    PSG bu safar uzimi kursatadi,ish qilib barselona uyda yaxshi uynasin! xudo yor bulsin!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social