Evropa Chempionlar ligasi chorak final dastlabki o`yinda Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» klubini qabul qildi. Ushbu o`yin 3:0 hisobida Madridliklar g`alabasi bilan yakun topdi.
Birinchi bo`limning 3 daqiqasidayoq Garet Beyl qanotda etkazib berilgan to`pni darvozaga yo`llab hisobni ochdi. 27-daqiqada esa “Real” futbolchisi Isko ajoyib tarzda raqib darvozasiga ikkinchi to`pni yo`lladi. Hisob 2-0. Ikkichi bo`limning 57-daqiqasida Krishtianu Ronaldu uchuinchi golga mualliflik qilib “Real” ni yirik hisobda olidinga olib chiqdi. Shunining bilan o`yin so`ngigacha hisob o`zgarmadi. «Real» – «Borussiya» 3:0.
Aynan shu kuni Frantsiyaning «PSJ» hamda Londonning «Chelsi» jamoalari o`rtasidagi ham o`yin bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuvda Frantsiyaning «PSJ» klubi 3:1 hisobida g`alaba qozondi.
Ushbu o`yinda ham hisob 4-daqiqada ochildi. Chelsi” himoyasida palaparchiqlik yuzaga keldi. Terri to`pni bartaraf etishda xatoga yo`l qo`ydi. To`p Lavezziga kelib tushdi va futbolchi Chex darvozasini o`zining kuchli zarbasi bilan ishg`ol etdi. Tezkor gol! Hisob 1:0. Joze Mourin`o jamoasi o`tkazib yuborilgan tezkor goldan so`ng o`zini yo`qotib qo`ymadi. Birinchi bo`limning 27-daqiqasida«Chelsi» hujumchisi Eden Azar penal`tidan hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo`limning 61-daqiqasida «Chelsi» himoyachisi David Luiz kutilmaganda o`z darvozasini nishonga olib qo`yib, «PSJ»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4 Xav`er Pastore ajoyib texnikasini namoyish etib uchinchi golni Petr Chex darvozasiga yo`lladi. «PSJ» – «Chelsi» 3:1.
Endilikda ushbu uyinlarning javob uchrashuvlari 8 aprel` kuni bo`lib o`tadi. Ikki o`yin natijasiga ko`ra g`olib jamoalar yarim final yo`lanmasini qo`lga ko`ritadilar.