El` Klasiko 1:1

El` Klasiko 1:1

El` Klasiko “Sant`yago Bernadeu” da jangavor durang 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Ispaniya Qirol Kubogining yarim finalidagi “Real” va “Barselona” juftligi dastlabki o`yinda jamoalar final bosqichi masalasini ikkinchi uchrashuvda xal etishadigan bo`lishdi.

O`yin boshida Real futbolchilari jamoa bo`lib tezkor xujumlar tashkil etishga kirishdilar, lekin bu xujumlarning xech biri gol bilan yakunlanmadi. Birinchi  bo`lim o`rtalariga kelib Barselona futbolchilari topni o`z nazoratlarida ko`proq ushlab, xavfli vaziyatlarni birin ketin madridliklar darvozasi oldida uyushtira boshlashdi. Lekin  “Sant`yago Bernadeu” da kechgan bahsning birinchi bo`limida hisob ochilmadi.

O`yinning ikkinchi bo`limi boshida ham xuddi birinchi bo`lim singari boshlandi. Ozgina vaqt bo`lsayam madridliklar kataloniyaliklar darvozasi oldida tezkor xujum tashkillashtirishdi. Lekin bu xujumlarning xech biri samarali yakun topmadi. Ozgina vaqt o`tib, Barselona futbolchilari o`yin tizginini yana o`z qo`llariga olishda. Ikkinchi bo`limning 50-daqiqasida Messining ajoyib to`p uzatishidan keyin Fabregas raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va hisob ochdi – 0:1.

Ammo kataloniyaliklar Real maydonida o`z darvozalari daxlsizligini o`yin oxirigacha saqlay olishmadi. O`yinning 81-daqiqasida madridliklarning yosh himoyachisi Rafael` Varan O`zilning to`p uzatishidan keyin bosh bilan Pinto darvozasini ishg`ol qildi.

Shu tariqa tomonlar dastlabki o`yinda durang o`ynashdi. “Kamp Nou”dagi javob o`yini 27 fevralda bo`lib o`tadi.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    уйин жуда зур булди, хакикатдан хам ухламасдан курадиган уйин булди, лекин реал ютиши кере эди

  2. Номаълум

    nimaga, barsa kuchliro uyin kursatti, barcsa chempion

  3. gAni

    barsa realni ayadi, uz uyida sharmanda qigisi kemadi, lekin barsa uz uyida realni enasini kursatadi, bu aniq

  4. sHox

    nimagadin Messini o’yini yaxshi bo’madi, yoki himoyachila unga nisbatan yaxshi uynashdi, yoki boshqa bir sabab, carvalioni esa kindik qoni oqqan joyga jo’natadigan vaqt keldi shekilli, uzi oldinam keluvdi, mana bu uyinda endi aniq kursatti

  5. rustambek

    afsus uyini kurolmadim (((
    lekin umid qilaman Real mehmonda ajoyib uyin kursatadi.
    Varan molodec,jamoa yuzini pasga urmadi!

  6. Азиз

    эх, реал ютиши керагиди. Зўр ўйин бўлди.

  7. nodir

    bechara Casilas uynamadi,shunday uyini utkazvordi.
    Javob uchrashuvda uynasa kerak?

  8. jahon.uz

    Real “Камп Ноу” stadionida galaba qozonsa,bu voobshem sensaciya buladiu )))
    omad senga REAL!!!

  9. xXx

    Casilasga nima buldi? qani uzi u?

  10. Sardor

    (xXx)Casilas qo’lidan jarohat olgan deb tshitdim. Yana bilmadim?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social