Farg‘onalik sportchi Bangladeshdagi musobaqada 4 ta oltin 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

Farg‘onalik sportchi Bangladeshdagi musobaqada 4 ta oltin 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

Farg‘onalik sportchi Bangladeshdagi musobaqada 4 ta oltin 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bo‘lib o‘tgan musobaqa haqida O‘zbekiston Respublikasi gimnastika federasiyasi xabar bermoqda.

«Farg‘onaliklar 24» muxbiri, musobaqada qatnashib g‘olib bo‘lgan Farg‘onalik yigitni topib suhbat o‘tkazdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar sportiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Davlat rahbarining 2020-yil 24-yanvardagi «O‘zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bunga yaqqol misoldir. Yoshlarimiz mamlakatda yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, xalqaro maydonlarda sportning turli-hil yo‘nalishlaridagi musobaqalarda qatnashib, yuqori natijalarga erishish bilan birga, vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar.

Joriy yilning 26-31 oktyabr kunlari Bangladeshning «Dhaka» shahrida sport gimnastikasi turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan » V Markaziy Janubiy Osiyo chempionati»da Farg‘onalik bir guruh sportchilarimiz qatnashib nufuzli o‘rinni egalladilar. Xususan Farg‘ona shahrida istiqomat qilib keluvchi 17 yoshlik Inomov Izattilo ushbu musobaqada 4 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritib yurtimiz bayrog‘ini shohsupaning yuksak pog‘onasiga ko‘tardi.

Foto: O‘zbekiston gimnastika federasiyasi

Izzatillo Inomov ushbu musobaqada 4 ta oltin medaldan bittasini jamoaviy kurashda qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qolgan 3 tasini sportning «Yakka kurash» «Halqa» va «Bryus» turlari bo‘yicha yuqori naijalarni egallab qo‘lga kiritdi. Qolgan 2 ta bronza medalni sportning otda va yakkacho‘pda harakatlanish turi búyicha belgilangan mashqlarni maxoratli bajarishi orqali olgan.

Foto : Izzatilo Inomov

Foto: Izzatillo Inomovning qo‘lga kiritgan medallari

Izzatilo 2011-yildan beri sport gimnastikasi bilan shug‘ullanib keladi. 10 yil davoida 9 marta O‘zbekiton chempioni va uch marta O‘zbekiston mutlaq chempioni bo‘lgan. Musobaqaga Farg‘ona shahridagi Gimnastika sport maktabida tayyorgarlik ko‘rgan.

Foto: Izzatilo Inomov

Qahramonimiz bu darajaga yetishishiga sababchi bo‘lgan onasi Sevara Mulladjonovaga, ustozi Isaqov Zuxriddin Zafarovichga rahmat deb qolmoqda. Ayni damda Izzatillo Farg‘ona shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi.

Farg‘onaliklar 24 muxbiri

Shermuhammad Dehqonov

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yunus

    Tabriklayman! Bizni sportchilar O’zbekiston nomini dunyoga tarqatishdi, barakalla!

  2. Tohir

    bizani sport4ila top! faqat futbolda hammayo axvol bopyotipti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social