FIFA-2018 chempionati g’olibi 38 million dollar mukofot oladi

FIFA-2018 chempionati g’olibi 38 million dollar mukofot oladi

Rossiyada bo’lib o’tadigan FIFA-2018 jahon chempionati sovrindori 38 million dollar oladi.

Fond Hindistondagi Kalkutta shahri bo’lib o’tgan FIFA kengashi yig’ilishi tomonidan tasdiqlandi va jahon chempionati 2018 fondi $ 400 millionni tashkil etdi, bu esa Braziliyadagi (358 million) 2014-yilgi Jahon chempionatiga nisbatan 12% ko’pdir.

2018-yilgi jahon chempionatining 32 jamoalari har biri kamida $ 8 million olishi kutilmoqda. Turnir finalchisi 28 million ishlab oladi, bronza medali sovrindori 24 million va boshqa yarim finalchi  22 million oladi.

Chorak finalga borgan jamoalar 16 million olishadi va 1/8 final ishtirokchilari 12 million olishar ekan. 2014-yilgi chempionatda Germaniya 35 million mukofot pulini olgan va jahon chempionati finalchisi Argentina terma jamoasi esa 25 million olgan edi.

Manba: Rambler

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social