Tadbirkorlar uchun 5 ta oddiy maslahat

Tadbirkorlar uchun 5 ta oddiy maslahat

O’z biznesini boshlashni istaganlar uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlardan ruhlantiradigan tavsiyalar.

1. Qadamlarni rejalashtirish

Muvaffaqiyatli biznes yaratish uchun aniq maqsadga erishishingiz kerak. Biroq, bu eng muhim narsa emas. Ushbu maqsadga erishish uchun asta-sekin rejani tuzish juda muhimdir. Amalga oshirishdan oldin strategiyani ishlab chiqing. Biznes-reja – sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatolardan qochish va kerakli natijalarga erishishga yordam beradi.

Bugungi kunda kimdir soyada otiradi, chunki kop yillar oldin u yerda boshqa bir kishi daraxt ekkan edi.

“Uorren Baffet, dunyodagi eng yirik sarmoyador”

2. Ishingizni reklama qiling

Agarda afzalliklaringiz haqida xabar bermasangiz, sizning mahsulotingiz va xizmatlaringiz haqida hech kim bilmaydi. Bugungi kunda o’zini o’zi reklama qilish bo’yicha eng yaxshi joy bu ijtimoiy tarmoqlardir. U yerda potentsial mijozlar siz haqingizda ko’p narsa bilib olishadi.

3. Mijozlarning manfaatlarini hisobga olish

Asosiy maqsad mijozlarning ehtiyojlarini qondirishdir. Mijoz bilan yaxshi munosabat – muvaffaqiyatli biznes kalitidir.

Biznesning maqsadi mijozni yaratish va saqlashdir.

“Peter Drucker, iqtisodchi, menejment bo’yicha yetakchi, yozuvchi”

4. Tavakkal qilishga qo’rqmang.

Aks holda odatiy doiradan tashqariga chiqa olmaysiz. Avvaliga ko’plab tavakkal qadamlar qo’yishga to’g’ri keladi. Qiyin tanlov qilishingizga to’g’ri keladi. Lekin xato qilishdan qo’rqmang. Bo’shashmang va oldinga intiling.

Juda tez o’zgarib borayotgan dunyoda, muvaffaqiyatsizlikka duch kelishning asosiy sababi – bu tavakkal qilmaslikdir.

“Mark Zukerberg, Facebook asoschisi”

5. Ruhiy kuchni yo’qotmang

Kimdir sizning muvaffaqiyatingizdan shubhalanadi, kimdir sizni hukm qiladi, kimdir sizni to’xtatishga harakat qiladi. Noxush tanqidga e’tibor bermang. Agar biror narsa qilishga qaror qilsangiz, maqsadingiz tomon harakatlaning.

Ishonchim komilki, muvaffaqiyatli tadbirkor, muvaffaqiyatsiz tadbirkordan sabr-toqat va qat’iyatliligi bilan ajralib turadi.

“Stiv Jobs, Apple asoschisi”

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social