France Football yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishga nomzodlarni ma’lum qildi

France Football yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishga nomzodlarni ma’lum qildi

France Football nashri yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishga nomzodlarni ma’lum qildi. Bu mukofot afsonaviy darvozabon Lev Yashin nomi bilan ataladi.

Nomzodlar quyidagilar:

Alison Beker («Liverpul», Braziliya), Manuel Noyyer («Bavariya», Germaniya), Andre Onana («Ayaks», Kamerun), Voysex Shchensni («Yuventus», Polsha), Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya), Kepa Arrisabalaga («Chelsi», Ispaniya), Samir Xandanovich («Inter», Sloveniya), Ugo Loris («Tottenhem», Fransiya), Mark-Andre ter Stegen («Barselona», Germaniya), Ederson Morayes («Manchester Siti», Braziliya).

Eslatib o‘tamiz, g‘olib 2 dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan «Oltin to‘p» topshirish marosimida e’lon qilinadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social