Janubiy Koreyaning Incheon shaxrida davom etayotgan Osiyo o`yinlarida hamyurtimiz ilk oltin medali sovrindoriga aylandi.
Osiyo o`yinlarining Erkin kurash bo`yicha erkaklar o`rtasida 70 kg gacha bo`lgan vaznda ishtirok etgan hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov g`alaba qozondi. Finalda Koreyalik Man Xo Ox ga qarshi bellashib, 7:2 hisobida muvoffaqiyatga erisha oldi.
Kiritilgan ilk oltin medal bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklagan holda, davom etayotgan boshqa o`yinlarda ham sportchilarmizning qo`llari baland kelishini va oltin medallar sonini oshirishini tilab qolamiz!
ва нихоят