O`zbekiston JCh-2014 saralash bahslaridagi ishtirokini yakunladi

O`zbekiston JCh-2014 saralash bahslaridagi ishtirokini yakunladi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2014 saralash bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Iordaniyaga qarshi JCh-2014 saralash Osiyo mintaqasi pley-off uchrashuvida O`zbekiston milliy terma jamoasi penal`tilar seriyasida 8-9 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuvda hisob ilk daqiqalarda o`zbekistonlik futbolchilar tomonidan ochildi. Uchrashuvning 4-daqiqasida milliy terma jamoa sardori Server Jeparov tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan so`ng, Iordaniya darvozaboni tomonidan qaytarilgan to`pni O`zbekiston himoyachisi Anzur Ismoilov darvozaga yo`llab, hisobni ochdi.

Ammo birinchi bo`lim yakunlanishi arafasida Iordaniya terma jamoasi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. Hussam Hasan shogirdlarining uzoq davom etgan hujumi Said Murjonning uzoq masofadan yo`llagan aniq va zarbasidan so`ng gol bilan yakunlandi. Ushbu hisob uchrashuv asosiy vaqtida o`zgarmadi. Iordaniyada o`tkazilgan dastlabki uchrashuvda ham 1:1 hisobida qayd etilgani sabab, jamoalar qo`shimcha vaqtlarda uchrashuv g`olibini aniqlashga harakat qilib ko`rishdi.

O`zbekiston va Iordaniya milliy terma jamoalari qo`shimcha vaqtlarda ham hisobni o`zgartira olishmadi. Oxir-oqibat, g`olib penal`tilar seriyasida aniqlandi. Buning uchun har ikkala jamoa vakillari 10tadan zarba berishlariga to`g`ri keldi. Bunda omad Iordaniyaga boqdi – O`zbekiston milliy terma jamoasi etakchilaridan Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov 11 metrlik jarima zarbasini yo`llashda noaniqlikka yo`l qo`yishdi.

O`zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o`rtasida kechgan uchrashuv yakuniga etgach, bo`lib o`tgan matbuot anjumanida O`zbekiston bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o`yin xaqida o`z fikrlani bo`lishdi. Men “Muxlislardan uzr so`rayman, futbolchilarga esa rahmat aytaman – ularga hech qanday e`tiroz yo`q, Jahon chempionatiga chiqishni istagan edik. Ammo, vazifa bajarilmadi. Barcha aybni o`z bo`ynimga olgan holda iste`fo so`rayman. Jamoaga yangi qon kerak”, – dedi Mirjalol Qosimov.

O`zbekiston futboli rahbariyati Mirjalol Qosimovning bu fikriga qanday munosabat bildirgani hozircha ma`lum emas.

O`zbekiston milliy terma jamoasi ustidan g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lgan Iordaniya termasi endi noyabr` oyida Janubiy Amerika mintaqasidagi saralash bahslarida 5-o`rinni qo`lga kiritgan terma jamoa bilan JCh-2014 yo`llanmasi uchun bahs olib boradi. Bunda Iordaniyaga Ekvador, Urugvay, Venesuela, Peru terma jamoalaridan biri raqiblik qilishi mumkin

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sanchik

    Achinarli, bu yilam yana chiqishomadi

  2. Исмингиз

    AFSUS

  3. Жахон

    Жамоага янги қон керак… Янги қонни қаердан оламиз?

  4. Komol

    qonni donorlar bo’limadan olamiza))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social