Ispanlarning uchinchi unvoni!

Kievda futbol bo`yicha Evropa chempionati musobaqasi final o`yini ham o`z nihoyasiga etdi. Bu chempionatning  asosiy hal qiluvchi o`yinida finalda 16 ta terma jamoalar ichidan faqat Ispaniya va Italiya terma jamoalariga to`p surish nasib etdi.

O`yinning birinchi daqiqalari ispaniyaliklarning katta ustunligi ostida bo`lib o`tdi, natijada esa barcha harakatlar gol bo`lishiga olib keldi. Inesta jarima maydonchasiga ajoyib tarzda Fabregasga to`p uzatib berdi. Sesk yaxshi tezlik olib to`p uchun baxsda K`ellinini ortda qoldirdi, undan so`ng esa to`pni Silva boshiga oshirib berdi, unga esa faqat bo`sh darvozani ishg`ol qilishgina qoldi xolos.

1

Evropa chempionlariga hisobni oshirish o`yining oxirlarida qo`lidan keldi. 41 daqiqada ispaniyaliklarning ajoyib qarshi xujumi bo`lib o`tdi. Kasilyas to`pni Alonsoga oshirdi,u esa Albaga oshirdi. Xordi to`pni Xaviga oshirib o`zi olg`a yugirib borgan. Xavi esa keyin kerakli paytda to`pni Albaga o`zatdi. Alba Buffon bilan yakkama yakka chiqib, darvozasini ishg`ol qildi.

Bir nechta daqiqadan so`ng bosh xaqam italiyaliklarning darvozasiga penal`ti belgilashi mumkin edi, lekin u Prandelli shogirdlarini ayadi.

Keyin esa italiyaliklar maydonda o`nta bo`lib qolishlariga to`g`ri keldi. Montolivo o`rniga chiqqan Motta uchinchi o`zgarishda chiqib bir nechta daqiqadan so`ng jaroxat olib maydoni tark etdi. Kamchilikdam o`ynab Italiya terma jamoasi del` Boske shogirdlariga munosib qarshilik ko`rsata olishaolmadi va o`yinning oxirgi daqiqalari zerikarli o`tdi.

84 daqiqada Xavi o`zining ajoyib to`p oshirishi bilan Torresni ajoyib vaziyat yaratib berdi, u esa darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib, bu imkoniyatdan to`g`ri foydalanaoldi. Keyin esa Matta o`zini ko`rsatdi. Torres offsayd chegarasida to`pni oldi va qizg`anmasdan to`pni Matta bilan bo`lishdi. Mattaga esa to`pni bo`sh darvozaga kiritish kerak edi va u uddaladi.

Shuning bilan Ispaniya ikkinchi marotaba Evropaning ko`chli terma jamoasi bo`ldi. Ispaniliklar uchun bu tarixdagi uchinchi unvon.

2

Ispaniya – Italiya – 4:0

Gollar: Sil`va, 14 (1:0); Al`ba, 41 (2:0); Torres, 84 (3:0); Mata, 88 (4:0)

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    мана буни терма жамоа деса булади!

  2. жон

    хамма хайратда ((((

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social