Jahon Chempionatlarining eng qiziqarli sonlari

Jahon Chempionatlarining eng qiziqarli sonlari

Fazo.tv e`tiboringizga Jahon Chempionatining final bosqichlarining eng qiziqarli sonlarini taqdim etadi:

9: 1954 yilda kiritilgan 9 raqami
darxol to`rtta “to`qqizinchi” raqam ostida to`p suruvchi mundiallarning eng yaxshi xujumchilari bo`lishgan: Drajan Erkovich (Yugoslaviya) 1962 yilda, Oleg Salenko (Rossiya) 1994 yilda, Davor Shuker (Xorvatiya) 1998 yilda va Ronaldo (Braziliya) 2002 yilda.

003e5287d30ea5cf35dd57879844d909

517: Jahon Chempionatida 1990 yilda mundialga mezbonlik qilgan Italiya terma jamoasi darvozaboni Val`ter Dzenga o`zining darvozasini 517 daqiqa golsiz himoya qilgan.

3: 2006 yilda Avstraliyaga qarshi kechgan o`yinda xorvatlarning himayachisi yosip Shimunich uchta sariq kartochka olgan. Sababi ushbu o`yinni boshqargan hakam Grem Pol adashib bitta ogoxlantirishni Xorvatlarning uchinchi raqamli futbolchisi nomiga emas, balki Avstraliya terma jamoasi uchinchi raqam ostida to`p suruvchi (Kreyg Mur) nomiga yozib yuborgan.

11: Jahon Chempionatining final bosqichda Lius Filipe Skolari 11 marotaba ketma-ket g`alabaga ega: 2002 yilda U murabbiylik qilgan Braziliya terma jamoasi barcha ettita o`yinda g`olib bo`lgan va Chempionlikni nishonlagan edi. To`rt yil o`tib U boshqargan Portugaliya terma jamoasi to`rtta g`alabaga erishgan.

300: muxlislarning antirekordi – 1930 yilda bo`lib o`tgan birinchi Jahon Chempionatdagi Ruminiya – Peru (3:1) o`yinini ko`rish uchun stadionga 300 ta muxlis kelgan.

16: 1954 dagi mundialda Janubiy Koreyaning o`tkazib yuborgan to`plar soni rekordini hali hech bir terma jamoa bir mundialning o`zida buncha gol o`tkazmagan. 1954 yildagi JCh da koreyaliklar vengriyaga (0:9) va turkiya terma jamoasiga (0:7) hisoblarida mag`lub bo`lishgan.

4: Germaniya terma jamoasi Jahon Chempionatining pley-off bosqichida to`rt marta penal`tiylar seriyasigacha borgan va barchasida g`olib chiqqan.

a779a2f745210374995dfef2aba98130

14: Angliyalik hakam Xovard Uebb JCh final o`yini rekordini o`rnatgan, to`rt yil oldin Janubiy Afrika bo`lib o`tgan JCh finali ishtirokchisi Ispaniya va Gollandiya futbolchilariga 14 sariq va bitta qizil kartochkalarni ko`rsatgan.

20: mundial bo`yicha umumiy rekord esa rossiyalik Valentin Ivanovga tegishli. U 2006 yilda 1/8 finalida Portugaliya-Gollandiya o`yinida 16 ta sariq kartochka ko`rsatgan va 4 ta o`yinchini maydondan chetlashtirgan.

7: Braziliya va Shvetsiya terma jamoalari Jahon Chempionatlarida etti marotaba to`qnash kelishgan: 1938, 1950, 1958 yillarida (final), 1978, 1990 va 1994 (ikki marta) yillarida.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social