JCh-2014: Braziliya – Xorvatiya 3:1 (+video)

JCh-2014: Braziliya – Xorvatiya 3:1 (+video)

Braziliyaning San-Paulu shahri Arena Korintians stadionida Jahon Chempionati-2014 ning ilk uchrashuvi yakunlandi. Unda Braziliya va Horvatiya terma jamoalari Braziliya JCh-2014 ning eshiklarini ochib berishdi.

Mazkur o`yinda Braziliya terma jamoasi Xorvatiya terma jamoasi ustidan 3:1 hisobda g`alabaga erishdi. O`yinning dastlabki daqiqalaridan o`tkazib yuborilgan avtogolga qaramasdan, Braziliya terma jamoasi o`yinni o`z tomonlariga og`dirishga erishdilar. Shuningdek, Xorvatiya terma jamoasi ham shiddatli o`yinni namoish qila oldi.

Braziliya – Xorvatiya 3:1

11′ Marselo (0:1, avtogol)
29′ Neymar (1:1)
71′ Neymar (2:1, pen.)
90+1′ Oskar (3:1)

Braziliya: Julio Sezar, Dani Alves, Tiago Silva, David Luiz, Marselo, Luiz Gustavo, Oskar, Paulin`o (Ernanes, 63), Xalk (Bernard, 68), Fred, Neymar (Ramires, 88).

Xorvatiya: Pletikosa, Srna, Chorluka, Lovren, Vrsal`ko, Rakitich, Kovachich (Brozovich, 61), Perishich, Modrich, Olich, Elavich (Rebich, 78).

Ogohlantirishlar: Neymar, 27, Luiz Gustavo, 88 – Chorluka, 65, Lovren, 69.

Foto reportaj: https://fazo.tv/posts/viewpost/7457

Video: 

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sarvar

    Neymarga gap yo’q

  2. umid

    man Xorvatia darvozabonga xayron qoldim, zor uynadi! qolgan uyinlarni xam shunday uynasa edi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social