Konfederatsiyalar kubogi finali Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tdi. Unda Chili va Germaniya terma jamoalari Sayyoraning eng kuchli terma jamoasi nomini aniqlash uchun maydonga tushishdi.
O’yin oldidan mutaxassislar va bashoratchilar Chili terma jamoasining ustunligiga bashorat qilishgandi. Chunki butun musobaqa davomida Chili terma jamoasi juda tezkor o’yin namoyish etishgandi. O’z navbatida yosh futbolchilardan iborat Germaniya terma jamoasiga final o’yini uchun tajriba etishmasligini ta’kidlashgan edi.
Uchrashuv to’liq Chili jamoasi ustunligi ostida o’tdi. Darvozalarga berilgan zarbalar, burchak zarbalari, hattoki to’pni nazorat qilishda ham Chili terma jamoasi ustunlik qilishdi. Germaniya termasi futbolchilari esa o’yin davomida yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalarnishga urunishdi. Shunday harakatlardan biri chililik himoyachining o’z darvozasi oldida qilgan qo’pol hatosidan germaniyalik hujumchilar unumli foydalanishdi.
Uchrashuv ikkinchi bo’limida ham Chililik futbolchilar ustunlik qilishdi. Lekin har qancha urunishmasin baribir hisobni o’zgartira olishmadi. Uchrashuv Germaniya termasining kichik hisobdagi g’alabasi bilan yakuniga etdi.
агар чили бир гол урганида ютиш эхтимоли бор эди
Lekin Germaniya juda aqlli o’ynab, kamida yana 1 gol urushi mumkin edi