Ispaniya sudi Messi ishi bo’yicha so’ngi qarorini o’qidi

Ispaniya sudi Messi ishi bo’yicha so’ngi qarorini o’qidi

Barcelona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya sudi tomonidan aybdor deb topildi, lekin 21 oylik qamoq jazosi almashtiriladigan bo’ldi. 21 oylik qamoq jazosi o’rniga Messi € 252 ming miqdorida jarima to’laydigan bo’ldi. Messining otasi esa o’z navbatida € 180 ming to’laydigan bo’ldi – deya xabar bermoqda marca nashri.

Argentina terma jamoasi futbolchisi va uning otasi 2016-yilning iyun oyida 2007, 2008 2009 yillarda soliqdan € 4.1 mln. yashirganlikda ayblanib sudga chaqirilgandi. Ushbu pullar Messining o’z  imidji uchun olgan daromadi bo’lgan. Ushbu ayblov uchun Messiga hech qanday qamoq jazosi qo’llanilmasligi oldindan ma’lum edi. Chunki Ispaniyada 2 yildan kam bo’lgan har qanday jazo sinov muddati deb qabul qilinadi.

33

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Месси барибир фойда билан чикибди, тулаган жаримаси билан соликдан яширган пулини уртасида анча тафовут бор

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social