Real – Atletico 3:0, Monaco – Yuventus 0:2. YeCHL yarim final birinchi uchrashuv natijalari! (+video)

Real – Atletico 3:0, Monaco – Yuventus 0:2. YeCHL yarim final birinchi uchrashuv natijalari! (+video)

“Ushbu mavsum finalda qaysi jamoalar o’zaro chempionlik uchun kuch sinashadi” degan so’rovnomalar natijalari o’zini nisbatan oqladi deb aytish mumkin. Yarim final birinchi uchrashuvlarida kutilganidek ikkita klub raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Birinchi bo’lib Real Madrid o’z maydonida Atleticoni qabul qilgan bo’lsa, bugun Monaco o’z uyida Yuventusni qabul qildi.

Birinchi o’yinga to’xtaladigan bo’lsak, aytish mumkinki Real Atleticoga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. O’yin boshidan Real futbolchilari maydonning barcha nuqtalarida ustunlikni o’z qo’llariga olishdi va natijada uchrashuvda tezkor gol kiritishdi. Uchrashuvning 10 daqiqasida Ronaldo Kasemironing oshirib bergan topini Oblack qo’liqlayotgan darvozaga joylab qo’ydi. Ushbu goldan keyin Atletico ham Real darvozasi oldida bir qancha xavfli hujumlar uyushtirdi lekin natija bo’lmadi. Uchrashuvning ikkinchi bo’limida esa Ronaldo yana ikkita gol kiritib uchrashuvda hetrikga erishdi va o’yin natijasi 3:0 hisobi bilan yakunlandi.

Real-Atletico

Monacodan ko’pchilik g’alabani kutishgan edi. Hech bo’lmaganda o’z maydonlarida kichik hisob bilan g’alaba qozonishsa, javob uchrashuvda esa Monacoga osonroq kechishi va kichik bo’lsada mo’jizaga ishonib qalaba qilishini bashorat qilishgan edi. Lekin unday bo’lib chiqmadi. Yuventus ham uchrashuv birinchi daqiqalaridan to’liq ustunlikni o’z qo’llariga olishda va butun uchrashuv davomida o’yin tempini boshqarib turishdi. Uchrashuvda Monaco darvozasiga 2 ta gol kiritildi, 2 ta gol muallifi ham Gonsolo Iguain, gollarga asistentlik vazifasini esa Dani Alves bajarib berdi. Uchrashuv qolgan tafsilotlarini videoda ko’rishingiz mumkin:

Monaco-Yuventus

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social