Telegram biznes uchun yangilandi: o‘zbekistonliklar reklamadan daromad olishlari mumkin

Telegram biznes uchun yangilandi: o‘zbekistonliklar reklamadan daromad olishlari mumkin

Telegramni ishlab chiqarish jamoasi messenjerga yangi biznes funksiyalarini qo‘shdi. Kanal egalari ham reklamadan tushgan daromadning 50 foizini olish imkoniyatiga ega.

Akkauntni biznesga o’tkazishda quyidagi imtiyozlar paydo bo’ladi:

  • ish vaqtini, manzilini va kompaniya joylashgan joyini xaritada ko’rsatish imkoniyati;
  • hali bitta xabar bo’lmagan bo’sh chat sahifasida o’zingiz istagan matnni va stikerni qo’yish imkoniyati;
  • media bilan oldindan tayyorlangan tezkor javoblarni yaratish;
  • foydalanuvchiga birinchi marta yozgan har bir kishiga avtomatik ravishda yuboriladigan xush kelibsiz xabarni qo’shish;
  • Telegram Premium obunasi bilan siz chatlarga rangli teglar qo’shishingiz mumkin;
  • chatga havola tugmasini joylashtirish, masalan, “Stolni bron qilish” yoki “Buyurtma holatini bilish”;
  • Ishni avtomatlashtirishga yordam beradigan botni biznes akkauntga ulash mumkin – masalan ChatGPT.

Endilikda 1000 dan ortiq obunachiga ega Telegram kanallari mualliflari o‘z kanallarida ko‘rsatilgan reklamadan tushgan daromadning 50 foizini olishlari mumkin. Daromad TON kriptovalyutasi ko‘rinishida keladi, uni komissiyasiz yechib olish yoki Telegram’dagi reklamalar, kolleksion manzillar yoki Premium obunalar uchun to‘lashga foydalanish mumkin. O’zbekistonda ham reklamadan daromad keladi.

Shuningdek, endi barcha foydalanuvchilar o‘z profilida tug‘ilgan kunini ko‘rsatishi va o‘z kanalini profilga bog‘lashi mumkin.

Ilovaning joriy versiyasini veb-sayt, Google Play va App Store orqali yuklab olishingiz mumkin.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Очень круто! Телеграм захватывает весь мир

  2. Тимур

    Энди каналлардан пул хам киса булади

  3. Тимур

    Асосийси хакикий каналлар пул кисин, ботсиз каналлар

  4. Endi hamma telegram kanal o4adi rofl

  5. Pul qilaman deb, lekin manam o4arman laugh

  6. Yaxshi qilishibti, telegramdek qulay ilova bo’lmasa kerak

  7. Zo’r good

  8. Yaxshi yaxshi good

  9. Hammaga qisin, nimaga mingdan oshu bolishi kerak

  10. Uje pul ishlashni boshladim

  11. Tabriklayman smile

  12. Boburbek

    Durov krasav4ik de uzi!

  13. Yaqinda devor ham qaytadi dance

  14. Klass klass!!!

  15. Yaxshi

  16. Yusufbek

    100% zo’r funksiyalar

  17. Zo’r good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social