Uimbldon turniridagi o’yinlardan birini muxlis davom ettirdi (+video)

Uimbldon turniridagi o’yinlardan birini muxlis davom ettirdi (+video)

Xabaringiz bor Uimbldon turnirida erkaklar va ayollar o’rtasida ham yakkalik, ham juftlik bahslari bo’lib o’tadi. So’ngi turnirda erkaklar o’rtasida Roje Federer 8 – ga’labasini nishonladi va bu bo’yicha Uimbldon rekordchisiga aylandi.

Mana shu turnirda ayollar o’rtasida juftlik baxslarining birida bir qizziq voqea bo’lib o’tdi. O’yin davomida muxlislardan biri tennischilarga juda ko’p maslahat berdi. Shunda belgiyalik tennischi Kim Clijsters o’sha muxlisni maydonga chaqirib unga qarshi o’ynashni taklif qildi. Muxlis irlandiyalik Kris Kvin edi. Kris maydonga tushdi, lekin bir muhim narsa uning o’yinni davom ettirishi uchun to’sqinlik qilardi.

17Uimbldon qoidalariga ko’ra sportchilar oq kiyimda bo’lishlari shart. Kim Clijsters o’z kiyimini irlandiyalik muxlisga beradi va muxlis kiyimni kiyib o’yinni davom ettiradi.

Bunday holat Uimbldon turniri tarixida uchramagan. Shu sabab turnirdagi ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib ketdi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari buni ijobiy kutib olishdi. Biz ham sizga ushbu qizziqarli holat boyicha videoni havola etamiz:

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Юра

    бывают же люди без комплексов smile особенно на западе

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social