Video: Asr jangida Boks g’alaba qozondi

Video: Asr jangida Boks g’alaba qozondi

Asr jangi deb ta’rif berilgan jangda Floyd Mayveyzer g’alaba qozondi. Nima uchun asr jangi? O’rtaga juda ko’p narsa tikilgan edi.

MMA chempioni va boks quroli o’rtasidagi jang juda tez orada ommani e’tiborini o’ziga tortdi. Jang oldi matbuot anjumanlari ham katta bir shouga aylanib ketgandi.

idoJang tafsilotlari haqida sharhlaydigan bo’lsak, jangning birinchi raundlarini McGregor ancha faol boshladi. Floyd 7 – raundgacha McGregorni o’rgandi va 8 –  raunddan boshlab sekin asta hujumga o’ta boshladi va McGregor kuchli zarbalar o’tkaza boshladi.

Aytish mumkinki Floydning janga tanlagan taktikasi ish berdi. U McGregorni jangning so’ngi raundlarigacha kuchi qolmasligini bilgandek harakat qildi va natijada o’z maqsadiga erishdi. Jangning 10 raundida referi jangni to’xtatdi. Jangni texnik nakaut bilan Floyd Mayveyzer g’alaba bilan tugatdi.

Jang tugagach ikkala jangchi ham bir birlariga hurmat bildirib jang bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Asr jangi tafsilotlarini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social