“Ramxat boss”

“Ramxat boss”

Ser Aleks Fergyuson 2012  va 2013 yilgi mavsum yakuniga etkach «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan iste`foga chiqishi xaqida 8 may kuni xabar berdi. Fergyusonning isto`foga chiqishiga sabab, U shu yil yozida tos (bedro) qismini operatsiya qildiradi.

Kelajakda esa Fergyuson “Manchester Yunayted” ning  raxbarlar kengashining a`zosi bo`lib qoladi. Fergyuson 26 yil davomida «MYu» bosh murabbiy sifatida ishlab, jamoa bilan 13 marta Angliya chempionligini qo`lga kiritgan va ikki marta Evropa Chempionlar ligasida g`olib chiqqan edi. 

Ser Aleks Fergyusonning iste`fosidan keyin, Liverpulning «Everton» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. U «MYu» bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Moyes 2013 yilning 1 iyulidan «Manchester Yunayted»da ishga kirishadi.

1

50 yoshli Moyes, xuddi Fergyuson singari, shotlandiyalik hisoblanadi. 1998-2002 yillarda u «Preston Nort End» klubiga ustozlik qilgan, 2002 yildan esa «Everton» bosh murabbiyi hisoblanardi. «Everton» uning qo`l ostida hech bir musobaqada g`olib chiqmagan bo`lsa-da, Moyes uch marta Angliyaning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Devid Moyesni bosh murabbiy etib tayinlashni Aleks Fergyuson tavsiya qilgan va klub direktorlar kengashi ushbu taklifni bir ovozdan ma`qullagan. Fergyusonning so`zlariga ko`ra, u 1988 yildayoq Moyesni «MYu»ga yordamchi murabbiy sifatida taklif qilgan, biroq o`shanda Moyes mustaqil ishlashni ma`qul ko`rgan.

2

Fergyusonning iste`fosi haqida xabar topgan uning ko`plab shogirdlari, goh u xozirgi kunda MYu tarkibida to`p surayotgan bo`lsin, yoki oldin MYu tarkibida o`ynab xozir esa boshqa klublarda to`p surayotgan futbolchilar hammasi Fergyusonga bo`lgan iliq so`zlarini va minnatdorchiliklarini izxor etishgan. Ular barchasi “Rahmat boss” deya o`zlarining minnatdorchiliklarini bildirishgan. Bir vaqtlar MYu tarkibida to`p surgan va o`sha vaqtda Jahonning eng kuchli futbolchisi degan nomga sazovvor bo`lgan bir qator taniqli futbolchilar, ya`ni “Real” xujumchisi Ronaldo o`z tvitterida, “PSJ” klubi tarkibida to`p surayotgan David Bekxem o`z feysbugida Fergyusonga bo`lgan iliq so`zlarini bildirishgan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    уз ишини биладиган хакикий мураббий, кул остида канчадан канча кучли футболчилар тарбияланди, канчадан канча футболчиларни кашф этди, уз ишини хакикий устаси!

  2. Номаълум

    man ham qushilaman shu fikrga, Ser Ferguson MU ning haqiqiy yuragiga aylanib buldi bir narsa hursand qildi uyam bulsa operatsiyasidan keyin MU boshliqlari qatorida bulishi

  3. messi

    keyingi navbar arsenal murabbiyiga

  4. блэйд

    сэр хакикий Сэрларга хос гапириб утибди мани шу хар дойим у`йлантиради европа давлатларидаги истаган машхур кишини оладиган бусак хар бири уз муваффакиятида оиласини урнини алохида айтиб утади ва айникса турмуш уртоги хакида илик сузлар ва миннатдорчилилар билдиради манимча энг мухумиям шу буса кере

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social