Jamoamiz hisobida navbatdagi 3 ochko! O’zbekiston-Xitoy 2:0

Jamoamiz hisobida navbatdagi 3 ochko! O’zbekiston-Xitoy 2:0

JCh 2018 yo’lida navbatdagi 3 ochko qo’lga kiritildi va 4-turdan keyin milliy terma jamoa hisobida 9 ochko bor.

Xitoy terma jamoasi uchun ushbu o’yin natijasi juda ham muhim edi. Hatto durrang natija ham Xitoy terma jamoasiga JCh 2018 yo’llanmasi uchun hech qanday umid qoldirmasdi. Shunday ham bo’ldi.

O’yin ikkala jamoaning ham ehtiyotkarona harakati ostida boshlandi. Birinchi bo’limda Xitoy terma jamoasining hujumlari xavfli ko’ringan bo’lsada, ikkala jamoaga ham raqib darvozasini ishg’ol etish nasib etmadi.

Uchrashuvdagi GOLlar ikkinchi bo’limida kiritildi. Uchrashuvning 50-daqiqasida Eldor Shomuradov ajoyib uzatma bilan Marat Bikmayevni juda yaxshi vaziyatga chiqardi va natijada Bikmayev uchrashuvdagi birinchi GOLni kiritdi.

Ikkinchi GOL zahiradan maydonga tushgan Atobek Shukurovning zarbasidan keyin rekashet bilan raqib darvozasi ishg’ol qilindi.

Shunday ajoyib kayfiyat va navbatdagi 3-ochko bilan O’zbekiston Milliy terma jamoasi guruhdagi 4-turni ajoyib g’alaba bilan yakunladi.

Jamoamizning guruhdagi keyingi raqibi Janubiy Koreya. Umid qilamizki ushbu o’yingacha jamoamiz a’zolari kerakli hulosa qilib, Janubiy Koreyadan g’alaba bilan qaytishadi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    yoki hech bumaganda shoping qib kelishadi

  2. messi

    janubiy koreyaga borib enasini ko’rib kemasa yaxshiydi…..

  3. Amirxon

    Qoyil! Endi bor kuchni to’plab Janubiy Koreya bilan nichya o’ynab kesa ham bo’ladi

  4. Alisher

    O’ttagi narsalar kimga kere)))

  5. jasur

    kakoy nichya, faqat G’ALABA kerak bizga!!! olg’a O’zbekiston!

  6. Fazo.tv

    Kelinglar faqatgina ijobiy fikrda bo’laylik. G’alabaga umid qilamiz!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social