JCh 2014: Argentina finalda (+video)

JCh 2014: Argentina finalda (+video)

 Gollandiya 0:0 Argentina  (pen 2:4)

 JCh-2014, 1/2 final, San-Paulu. “Arena Korintians”

JCh-2014 doirasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvi bo`lib o`tdi va unda Gollandiya hamda Argentina terma jamoalari maydonga tushdilar. Mazkur o`yinda Argentina penal`tilar seriyasi bo`yicha g`alaba qozondi.

O`yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va hakam tomonidan qo`shib berilgan 30 daqiqalik qo`shimcha bo`limlarda ham darvozalarning dahlsizligi saqlanib qolindi. Shundan so`ng navbat penal`tilar seriyasiga berildi. Ushbu lotoreyada Gollandiyalik Ron Vlar hamda Uesli Sneyder penal`tidan foydalana olmadilar va omad uchar gollandlardan yuz o`girdi. Bunda Argentina darvozaboni o`z maxoratini namoish etdi.

Lionel Messi va uning jamoadoshlari penal`tilarni aniq bajargan holda final sari yo`l oldilar. Eslatib o`tamiz, kuni kecha JCh-2014 birinchi yarim finalida Germaniya Braziliya ustidan yirik hisobda g`alaba qozongan edi. Endilikda, JCh-2014 final uchrashuvida Germaniya va Argentina jamoalari bahs olib boradilar. Shuningdek, JCh-2014 3-o`rin uchrashuvida Braziliya va Gollandiya ham maydonga tushadilar.

Penal`tilar seriyasi: Flar – 0:0 (darvozabon). Messi – 0:1. Robben – 1:1. Garay – 1:2. Snayder – 1:2 (darvozabon). Aguero – 1:3. Kayt – 2:3. Rodriges – 2:4

Tarkiblar:

Gollandiya: Sillessen, Martins Indi (Yanmaat, 46), Vlaar, de Vrey, Blind, de yong (Klasi, 62), Veynaldum, Kuyt, Snayder, Robben, van Persi (Xuntelaar, 96)

Argentina: Romero, Sabaleta, Demikelis, Garay, Roxo, Bil`ya, Maskerano, Peres (Palasio, 81), Iguain (Aguero, 81), Lavessi (Maksi Rodriges, 110), Messi

Ogohlantirishlar: Martins Indi (45), Demichelis (49), Xuntelaar (105)

Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya)
Qanot hakamlari: Baxattin Duran (Turkiya), Tarik Ongun (Turkiya)

Video:

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    afsus Gollandiya utishi kerak edi (((

  2. JOker

    Gollandiya omadsiz komanda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social