Germaniya 1:0 Argentina
JCh-2014, final uchrashuvi, stadion “Marakana”, Rio-de-Janeyro.
Braziliya maydonlarida bo`lib o`tgan JCh-2014 futbol bo`yicha jahon chempionati o`z nihoyasiga etdi. Bugungi final uchrashuvida Germaniya va Argentina jamoalari maydonga tushdilar. Hamda Germaniya 1:0 hisobi bilan g`alaba qozonib, jahon chempioni unvoniga ega bo`ldi.
Mazkur o`yinning asosiy daqiqasida hisob ochilmadi va hakam 30 daqiqalik qo`shimcha bo`lim belgiladi. Qo`shimcha bo`limnmng 113-daqiqasida Germaniya jamoasi a`zosi Gyottse gol urib, jamoasi g`alabasini taminladi.
Shunday qilib, Germaniya to`rtinchi marotaba Jahon chempioni degan nomga ega bo`ldi.
Gol:
113′ Gyottse (1:0)
Tarkiblar:
Germaniya: Noyer, Lam, Xummel`s, Dj.Boateng, Xevedes, Shvaynshtayger, T.Kroos, Kramer (Shyurrle, 32), Ozil (Mertezaker, 120), T.Myuller, Kloze (Gyottse, 88).
Argentina: Romero, Sabaleta, Demichelis, Garay, Roxo, Bigliya, Maskerano, Entso Peres (Gago, 86), Lavessi (Aguero, 46), Messi, Iguain (Palasio, 78).
Ogohlantirishlar: Shvaynshtayger, 29, Xevedes, 34 – Maskerano, 64, Aguero, 65.
Bosh hakam: Nikola Ritstsoli (Italiya)
Qanot hakamlari: Renato Faverani, Andrea Stefani.(Italiya)
Video:
vamos Germany
табрик фашистларга