JCh-2014: Meksikaning ishonchli g`alabasi (+video)

JCh-2014: Meksikaning ishonchli g`alabasi (+video)

Braziliya maydonlarida bo`lib o`tayotgan Jahon Chempionati-2014 ning 1-tur A-guruhining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda maydonga Meksika va Kamerun terma jamoalari tushishdi.

Ob-havoning noqulayligiga qaramasdan, shiddatli kechgan jangda Meksikaning qo`li baland keldi. O`yinning 61-daqiqasida Peral`ta tomonidan urilgan yagona gol Meksika terma jamoasiga muhim bo`lgan uch ochkoni taqdim etdi.

Meksika – Kamerun 1:0

61′ Peral`ta (1:0)

Natal. “Das Dunas” stadioni

Bosh hakam: Vilmar Roldan (Kolumbiya)
Yordamchi hakamlar: Umberto Klavixo, Eduardo Diaz ( Kolumbiya)
To`rtinchi hakam: Norbert Xauata (Taiti)

Meksika: Ochoa, Fransisko Rodriges, Rafael` Markes, Ektor Moreno, Agilar, Layyun, Ektor Errera (Sal`sido, 90+2), Guardado (Fabian, 69), Xose Vaskes, Peral`ta (Xav`er Ernandes, 74), Djovani dos Santos.

Kamerun: Itandj, Djegue (Nunkeu, 46), Nkulu, Shedju, Assu-Ekotto, Song (Vebo, 79), Eno, Mbia, Mukandjo, Shupo-Moting, Eto’O.

Ogohlantirish:  Ektor Moreno, 57 – Nunkeu, 77.

Fotoreportaj: https://fazo.tv/posts/viewpost/7459

Video:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social