Yuriy Sarkisyan iste`foga chiqarildi

Yuriy Sarkisyan iste`foga chiqarildi

“Neftchi” klubi bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan iste`foga chiqarildi. Bu haqida klubga yaqin bo`lgan manbalar xabar tarqatgan. Bundan tashqari, murabbiylar shtabidagi boshqa mutasaddilar ham ishdan bo`shatilgani aytilmoqda.

Oliy liga doirasida “Guliston” klubini qabul qilgan “Neftchi” yirik hisobda g`alaba qozongan va uchrashuvning 20-daqiqasida himoyachi Dilyorbek Ermatov hisobni ochgach, futbolchilar bir necha kun oldin Sarkisyan jamoasini tanqid qilib chiqqan viloyatning bosh nashri “Farg`ona haqiqati” gazetasini yirtib muxlislar tomon otib yuborishgandi. Sarkisyan esa bu meni tanqid qilganlar uchun javob deb, voqeaga izoh bergan. 

Endilikda klub rahbari etib   Komiljon Mirzaboev  tayinlangani haqida xabar bor. Bosh murabbiy lavozimiga esa Bahrom Hakimov va Toxir Kapadze varianti ko`rib chiqilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, Yuriy Sarkisyan 1987 yildan beri «Neftchi»ga bosh murabbiylik qilib keladi. Jamoa ushbu mutaxassis qo`l ostida besh marta O`zbekiston chempioni bo`lgan, 2 marta O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritgan, 1995 yilgi Osiyo Chempionlar Kubogida yarim finalgacha etib borgan.

Yuriy Sarkisyan 1996 yil uch, 2000 yilda esa ikki oy davomida O`zbekiston milliy terma jamoasiga ustozlik qilgan, milliy terma uning qo`l ostida 12 o`yinda maydonga tushib, 2ta g`alaba, 1ta durangga erishgan. Sarkisyan 1998, 1999, 2001, 2003 va 2006 yilgi mavsum yakunlariga ko`ra O`zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    бу ишни анча олдин килиши керак эдилар, албатта Саркисян канчадан канча галабаларга эришган, лекин унинг даври тугади

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social