JCh-2014 so`nggi saralash bosqichi qur`a natijalari.

JCh-2014 so`nggi saralash bosqichi qur`a natijalari.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o`tkazilgan JCh-2014 so`nggi saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi o`z nihoyasiga etdi.

Hal qiluvchi bosqichda Vadim Abramov murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi A guruhda Janubiy Koreya, Eron, Qatar va Livan termalariga qarshi kurash olib boradi.

Osiyo qit`asidagi milliy jamoalar o`rtasida o`tkaziladigan 4-bosqich saralash o`yinlarida yana bir guruhda beshta jamoa bellashadi. “V” guruhiga Avstraliya, Yaponiya, Iordaniya, Iroq va Oman terma jamoalari tushdi. Ikkala guruhdan ikkitadan komanda Braziliyada 2014 yilda o`tkaziladigan chempionatga yo`llanma oladi.

4-bosqich doirasida O`zbekiston termasi birinchi o`yinni Eron terma jamoasi bilan joriy yil 3 iyun kuni Toshkentda o`tkazadi. Shu uchrashuvda jamoamizning asosiy o`yinchilaridan – yarim-himoyachi Server Jeparov, Shavkatjon Mullajonov, Sanjar Tursunov, Islom To`xtaxo`jaev va Vagiz Galiulinlar qatnasha olmaydi. FIFA Tartib-intizom qo`mitasi bu futbolchilarni “Halol o`yin” printsiplarini buzganlikda ayblab, kelgusi ikkita o`yinda chetlatgan.

Albatta,  terma jamoamizga bu muhim uchrashuvda 5 ta  futbolchilarimizning o`rni bilinishi mumkin, lekin saralash o`yinlarining 3-bosqich doirasidagi oxirgi Yaponiya termasiga qarshi o`tkazilgan uchrashuvida, 5 ta futbolchimizsiz ham juda ajoyib o`yin namoish etib g`alaba qozonishga muvofaq bo`lishgan.

Biz esa futbol muxlislarini terma jamoamizni har bir o`yinida, har qanday vaziyatda ham qo`llab quvvatlashga chaqiramiz. Biz bir jamoamiz!

Terma jamoamizning gurug`dagi imkoniyatlarini kim qanday baholaydi?

«A» guruhi «V» guruhi
Janubiy Koreya Avstraliya
Eron Yaponiya
O`zbekiston Iroq
Qatar Iordaniya
Livan Oman
Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ooo

    O’zbekistonga omad tilayman! Sportchilarimiz endi qovun tushurib qo’ymas deb umidvorman.

  2. нодир

    агар бу гурухларда узбекистон 1 ёки 2 урин олса,кейин у чемпионаьга чикадими???

  3. Номаълум

    yaxshi,juda xam yaxshi! gap yoq!

  4. Gol

    Ха Нодир, хар бир гурухдан биринчи ва иккинчи уринни эгаллаган жамоалар ЖЧ га чикади

  5. нодир

    энди иш килиб чиксин ущбекистон!

  6. uzbek

    вообще дахшат гурух, жамоамиззи бу гурухдан чикиш имкониятини 70% деб тахмин киламан, ким кандай фикрда?

  7. jasur

    lekin Janubiy Koreya va Qatar yomon qiynashadi uzbeklarni! uyliman bu guruhda uzbekiston tez chiqib ketadi!

  8. Номаълум

    bu guruhdan uzbekiston chiqolmaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social