Kim kimdan o`rnak olishi kerak?

Kim kimdan o`rnak olishi kerak?

Yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan o`rin olgan O`zbekiston va Xorvatiya o`rtasidagi o`yin o`z nixoyasiga etdi. O`yin kutilganidek juda qizziqarli tarzda o`tdi, hisob esa o`yinga mos 1:1.

O`yin boshidan xorvatiyalik futbolchilar o`yin tizgini o`z qo`llariga olishga harakat qilishdi, lekin vakillarimiz bunga yo`l qo`yishmadi. O`yinning 24 daqiqasida hamyurtlarimiz o`yindagi hisobni ochishga muvaffaq bo`lishdi. Jarimadan uzatib berilgan to`pni Sardor Rahmonov xorvatiyaliklar darvozasiga to`g`irlab qo`ydi.

O`yin oldidan ko`pchilik xorvatiyalik futbolchilarning jismonan baquvat va o`yinda o`zbekistonlik yoshlarga ancha qiyin bo`lishini ko`pchilik aytib o`tishgandi. Lekin vakillarimiz maydonda raqib futbolchilaridan mutlaqo qo`rqishmasdan harakat qilishdi. Bir-birlariga o`zatgan mayda to`p o`zatishlari-yu, Jamshid Iskandarov, Diyorbek Turapov va yana bir qancha yoshlarimizning o`zini maydonda erkin his eta olishi, har qanday futbol muxlisini quvotirgan bo`lsa ajabmas.

O`yin ikkinchi bo`limini vakillarimiz juda faol boshlashdi. Xorvatiyaliklar darvozasi oldida bir qator xavfli xujumlarni tashkil etishdi. Lekin bo`lim o`rtalariga kelib, aniqrog`i 65 daqiqada standartdan uzatib berilgan to`pni Marko Livaya Asilbek Omonov qo`riqlayotgan darvozaga joylab qo`ydi, hisob 1:1. Durangdan keyin ikkala jamoa vakillari hisobda oldinga chiqib olishga harakat qilishdi, lekin futbolchilar qanchalik urunishmasin hisob o`zgarmadi. O`yin 1:1 bilan yakuniga etdi.

Endi 29 iyun kuni vakillarimiz guruh bosqichining 3 tur o`yinlarida Urugvay yoshlariga qarshi maydonga tushishadi. Yoshlarimizga nafaqat keyingi o`yinda, balki shu Jahon chempionatida omad tilab qolamiz.

O`yinni tamosha qilayotib, har qanday futbol muxlisi yodiga yaqinda Milliy terma jamoamiz Braziliyada bo`lib o`tadigan mundial uchun so`ngi saralash baxslaridagi o`yinlari esiga tushgan bo`lsa ajabmas. Ha, to`g`ri aytasiz, kimning ham eslagisi keladi o`sha vaqtni. Lekin keling bir savol berib ko`raylik, aslida kim kimdan o`rnak olishi kerak? Axir milliy terma jamoamiz futbolchilari yosh futbolchilarimizga o`rnak bo`lishi kerak emasmi. Lekin hozirgi vaqtni oladigan bo`lsak aynan yoshlarimiz futbol bo`yicha Jahon chempionati ishtirokchisi, shunday emasmi? Demak, aslida kim kimdan o`rnak olishi kerak?

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. футболли куриб мазза килдим, очиги якин йилларда бунаканги хурсанд булмадим. маколага келадиган булсак муаллиф Сарвар очиги маколани ёрворибсиз – гап булиши мумкин эмас

  2. bizzikila bunaqa 6yin k6rsatiwadi db 6ylamovdim qoyil gap y6 lk

  3. Xa Uzb yoshlari yahshi o’yin ko’rsatishdi Yevropaliklarga qarshi. Yanayam shiddatkor o’yin kutib qolamiza

  4. Albatta yoshlarning o’yini juda ham chiroyli bo’ldi. Xattoki biz g’alabaham qozonishimiz ham mumkin edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social